Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda yana bir erta unashtiruv to‘xtatildi
Hozirda 17 yoshda bo‘lgan talaba ikki yil oldin ota-onalar tomonidan unashtirib qo‘yilgan, yigit esa o‘ziga turmushga chiqishni talab qilib, unga bosim o‘tkazib kelmoqda. Bolalar ombudsmaniga murojaatidan keyin unga himoya orderi berildi.

Foto: Bolalar ombudsmani matbuot xizmati
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida ikki yil oldin, 15 yoshida unashtirilgan qiz unga yigit tomonidan turli bosimlar o‘tkazilganini aytgan. U mazkur masalada Bolalar ombudsmaniga murojaat qilgani va hozirda holat tashkilot nazoratiga olingani ma’lum qilindi.
«M.M.ning aytishicha, hozirda u universitetning 1-kursida o‘qimoqda va o‘qishini davom ettirish niyatida. Bir necha yildan buyon tanishi bo‘lgan O.B. (yigit) unga turmushga chiqishiga undab, turli shaklda bosim o‘tkazib kelmoqda. O.B. va M.M.ning ota-onalari o‘zaro kelishib, qizning roziligisiz unashtiruv marosimini o‘tkazgan bo‘lib, hozirda O.B. tomonidan unga turmushga chiqishga undab, ruhiy bosim o‘tkazilmoqda», deyiladi xabarda.
Qiz Kun.uz muxbiri bilan suhbatda aytishicha, uni 2 yil avval – hali 15 yoshligida unashtirib qo‘yishgan.
«Men hali o‘qishni, o‘z sohamda o‘rnimni topishni istayman. Keyingi vaqtlarda unga nisbatan ham fikrim o‘zgarganini sezganidan keyin menga nisbatan turli bosimlar, tahdidlar qila boshladi. Agar unga tegmasam o‘z joniga qasd qilishini aytib qo‘rqitdi. Hattoki ijarada yashaydigan kvartiramizga kelib janjal ko‘taradi», deydi u.
Ayni paytda holat Bolalar ombudsmani, prokuratura va ichki ishlar organlari tomonidan o‘rganilib, qizga himoya orderi berilgan. Uning ota-onasiga esa qizini turmushga chiqishga majburlash jinoiy javobgarlikka asos bo‘lishi va buning huquqiy oqibatlari tushuntirilgan.
- Ma’lumot uchun, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47−3-moddasiga (Nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilikni yoki nikoh tuzish tartibini buzish) ko‘ra, ushbu huquqbuzarlik BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilganlik uchun esa Jinoyat kodeksining 136-moddasiga ko‘ra, jarima, axloq tuzatish ishlari, 3 yilgacha ozodlikdan cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazolari belgilangan.
- Bundan avvalroq, Qashqadaryo viloyatida qizlarning erta unashtirish holatlari aks etgan videolar muhokamalar markazida bo‘lgan edi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
O‘zbekiston AQShdan paxta import qilmoqchi
Iqtisodiyot | 17:11 / 04.08.2025
Putin 1994 yildayoq Ukraina sharqi va Qozog‘iston shimoli «doim Rossiya davlatining bir qismi bo‘lgani»ni aytgan
Jahon | 14:23 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qimmatli qog‘ozlar bozorida qonunbuzilishlar uchun sanksiyalar qo‘llanadi
Iqtisodiyot | 08:00
-
AQSh Rossiya rejalariga javoban Oyda AESni ishga tushirishni tezlashtirishi mumkin
Jahon | 07:58
-
Raqamli kriminalistika sohasidagi mutaxassislar yagona reyestri tuziladi
O‘zbekiston | 07:56
-
Rossiya sudi "Rayffayzenbank" aktivlarini muzlatish qarorini bekor qildi
Jahon | 07:51
Mavzuga oid

07:43 / 24.07.2025
Qashqadaryo viloyatida politexnikum tashkil etiladi - hukumat qarori loyihasi

18:02 / 18.07.2025
Qashqadaryoda haydovchi odamlarni sudrab ketdi

20:53 / 16.07.2025
Qashqadaryoda «metan zapravka»dagi portlash oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

16:16 / 04.07.2025