O‘zbekiston va Kuvayt tovar ayirboshlash hajmini oshirishni rejalashtiryapti
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari va Kuvayt elchisi uchrashuvda ikki hamda ko‘p tomonlama shakldagi bo‘lajak tadbirlar jadvalini ko‘rib chiqdi.

Foto: Dunyo
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahrom A’loyev Kuvayt elchisi Ahmad al-Jiyron bilan uchrashuv o‘tkazdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari, ikki hamda ko‘p tomonlama shakldagi bo‘lajak tadbirlar jadvalini ko‘rib chiqdi.
Iqtisodiy diplomatiyani faollashtirish, jumladan, tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish, investitsiyalarni keng jalb etish va qo‘shma loyihalarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi.
Mavzuga oid

14:19 / 25.02.2025
Kuvayt O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilishi mumkin

15:25 / 18.02.2025
Shavkat Mirziyoyevning Kuvaytga rasmiy tashrifi yakunlandi

14:44 / 18.02.2025
Shavkat Mirziyoyev Kuvayt valiahdi bilan uchrashdi

08:39 / 18.02.2025