Toshkent markazida joylashgan oshxonada yong‘in kelib chiqdi

Jamiyat 12:05 / 15.01.2024 5017

Bugun, 15 yanvar kuni soat 02:51 da Toshkent shahar Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasida joylashgan vaqtinchalik ovqatlanish joylarining birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 02:55 da yetib borib, yong‘in soat 03:04 da o‘rab olingan va soat 03:09 da o‘chirilgan.

Sodir bo‘lgan yong‘in natijasida oshxonaning taxminan 150 kvadrat metr maydonda tom va shift qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etishni so‘ragan.

Ko‘proq yangiliklar: