Isroilda pichoq bilan qurollangan shaxs odamlarga hujum qildi
Hujum oqibatida 1 ayol o‘lgani, 19 kishi yaralangani aytilmoqda.

Foto: Reuters
Isroilning Raanana shahrida bir kishi pichoq bilan o‘tkinchilarga hujum qildi. U bir nechta odamni yaraladi, keyin mashinaga o‘tirib, uni piyodalar ustiga haydadi. Uning harakatlari oqibatida 1 ayol halok bo‘ldi, kamida 19 kishi jarohat oldi, deb yozdi Isroil matbuotiga tayanib The Insider.
Guvohlardan birining aytishicha, kimdir savdo markazi tashqarisida uch kishini pichoqlagan, so‘ngra mashinani o‘g‘irlab, undan odamlarni bosib ketish uchun foydalangan.
Markaziy okrug politsiya bo‘limi boshlig‘i Avi Bitton so‘zlariga ko‘ra, Raananadagi hujumni Hevron hududidan ikki falastinlik amalga oshirgan. Ikkalasi ham hibsga olingan va so‘roq qilinmoqda. Ular Isroilda noqonuniy bo‘lgani aytilmoqda.
The Times of Israel nashrining yozishicha, terrorchilar bir nechta avtomobillarni nazoratga olgan va shaharning uchta joyida hujum uyushtirgan. Birinchi terrorchi juda tez, ikkinchisi esa bir necha daqiqadan so‘ng ushlangan. Politsiya boshqa gumondorlar borligini ham istisno qilmayapti va hududda qidiruv ishlarini davom ettirmoqda.
Mavzuga oid

18:54 / 10.03.2025
O‘zbekiston terrorizm tahdidi past bo‘lgan mamlakatlar qatoriga kirdi

12:25 / 10.03.2025
Isroil G‘azoga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatdi

21:58 / 09.03.2025
Isroil G‘azo bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish uchun Dohaga delegatsiya yuboradi

18:20 / 07.03.2025