«Siti»da jiddiy yo‘qotish va qiyin g‘alaba, Sanchoda yorqin qaytish. Yevropada kun o‘yinlari

Sport 11:44 / 14.01.2024 14968

Angliya: de Breynening qaytishi va «Chelsi»da qatorasiga uchinchi g‘alaba

«Chelsi» — «Fulhem» 1:0
Gol:
Palmer (45+4, penalti).
«Chelsi» – Petrovich, Gyusto (Gilkrist, 90+3), Silva, Disasi, Koluill, Gallaher, Fernandes, Palmer (Chukvuemeka, 90+2), Kaysedo, Sterling (Chiluell, 77), Broya (Madueke, 66).
«Fulhem» – Leno, Tete (Kastan, 64), Adarabioyo, Diop, Robinson, Kerni, Uilson (Dekordova-Rid, 64), Pereyra (Rodrigo Muniz, 82), Palinya (Lukich, 83), Villian, Ximenes.
Ogohlantirishlar: Gyusto (38), Uilson (49), Fernandes (58), Disasi (75), Silva (79), Palmer (79).

Hafta o‘rtasida «Chelsi» Angliya ligasi kubogi yarimfinalida «Midlsbro»ga qarshi kechgan ilk o‘yinni boy bergandi (0:1) va «Fulhem» bilan o‘yin ham oson kechmadi. Birinchi bo‘limdagi eng xavfli vaziyat mehmonlar tomonidan yaratildi, Uilsonning zarbasini Petrovich qiyinchilik bilan qaytardi, ammo arbitr tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Palmer Sterlingni qulay vaziyatga chiqardi, u esa raqib himoyachisi bilan kontaktdan keyin kerakli pallada yiqildi, Palmer esa bu safar ham «nuqta»dan adashmadi. Bu uning APL joriy mavsumida 17 o‘yindagi 9-goli bo‘ldi, shundan 5 tasini penaltidan urgan.

Umuman, Maurisio Pochettino shogirdlari APLning bu mavsumida 11 metrlik jarima zarbasi ishlashda tengsiz (8) — shundan uchta holatda arbitrlar Sterlingga nisbatan fol qayd etishgan. «Chelsi» qolgan vaqt davomida ham qator vaziyatlarga ega bo‘ldi, Gallaherning zarbasi ustunga tegdi, lekin minimal hisob saqlanib qoldi. Va bu chempionatda qatorasiga uchinchi g‘alabaga aylandi. «Chelsi»da bunday seriya 2020 yil iyulidan buyon kuzatilmagandi va endi londonliklar turnir jadvalida sakkizinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

«Nyukasl» — «Manchester Siti» 2:3
Gollar:
Isak (35), Gordon (37) — Silva (26), de Bryuyne (74), Bobb (90+1).
«Nyukasl» – Dubravka, Trippiyer, Sher, Botman, Bern, Gimaraes, Longstaff, Mayli, Almiron, Gordon (Holl, 86), Isak.
«Manchester Siti» – Ederson (Ortega, 8), Uoker, Ake, Diash, Gvardiol, Kovachich, Silva (de Bryuyne, 69), Rodri, Foden, Doku (Bobb, 82), Alvares.
Ogohlantirishlar: Gimaraes (21), Rodri (45), Silva (55).

Jarohatlar epidemiyasi va Chempionlar ligasidagi ishtirok tufayli noodatiy tig‘iz taqvim «Nyukasl»ni turnir jadvalining o‘rta qismiga tushirib yuborgan. «Qarg‘alar» bu mavsumda «Manchester Siti»ga raqobatchi emas va turnir jadvalida ta’qib qiluvchi maqomida emas. Ular hamon «shaharliklar» bilan o‘yinda qiynalmoqda va bu jamoaga qarshi qatorasiga 31-o‘yinda ham gol o‘tkazdi, bu esa APL uchun rekord ko‘rsatkich. Bu seriya Bernardu Silva tomonidan uzaytirildi — u tovonida yo‘llagan zarbasi bilan raqib darvozasini ishg‘ol etdi.

Ammo mezbonlar birinchi bo‘limning o‘zida ikki yarim daqiqa ichida o‘yinni o‘zgartirib yuborishdi. Avvaliga Isak qarshi hujumda imkoniyatdan foydalanib, qatorasiga to‘rtinchi o‘yinda gol urdi, keyin esa Gordon grandlar bo‘yicha mutaxassis sifatidagi maqomini yana bir bor tasdiqladi. Ushbu vinger joriy mavsumda «Liverpul», «Arsenal», «Chelsi» va Manchesterning har ikki jamoasi darvozasini ishg‘ol etdi. Bu gollarni o‘yinning ilk daqiqalaridayoq jarohat tufayli maydonni tark etgan Ederson o‘rniga tushirilgan Ortega o‘tkazib yubordi.

Shundan keyin mezbonlar o‘yinni «o‘ldirish»ga kirishdi, mehmonlarning pozitsion hujumlar bilan jarima maydoniga kirishda qiynalishdi.

Gvardiola esa ikkinchi bo‘limda almashtirishlarni Eddi Haudan oldinroq boshladi va mavsum boshidan buyon maydondan tashqarida bo‘lgan de Breyneni tushirdi. Jarohat tufayli mavsumning ilk qismini o‘tkazib yuborgan ushbu belgiyalik hali to‘liq o‘yin o‘tkaza olmaydi, ammo unga o‘yinni butkul o‘zgartirish uchun 20 daqiqa ham yetarli bo‘ldi. U dastlab jarima maydoni tashqarisidan o‘zining «bilyardcha» zarbasini yo‘llab hisobni tenglashtirdi, qo‘shimcha daqiqalar boshlanganida esa jarima maydoni ichiga dohiyona pas yetkazib berdi, 20 yoshli norvegiyalik Bobb esa Trippiyerni va shu kuni yorqin o‘yin ko‘rsatgan Dubravkani chiroyli uslubda aldab o‘tib, yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Eddi Hau hamon Xosep Gvardiolani yenga olmayapti, «shaharliklar» esa ikkinchi o‘rinni «Aston Villa»dan tortib oldi va endi «Liverpul»ni ikki ochkolik farq bilan ta’qib etmoqda.

Italiya: «Napoli»da nihoyat g‘alaba

«Napoli» — «Salernitana» 2:1
Gollar:
Politano (45+4, penalti), Rrahmani (90+6) — Kandreva (29).
«Napoli» – Gollini, Di Lorenso, Jyezus, Rrahmani, Mariu Ruy, Lobotka, Kayuste (Demme, 77), Gaetano (Raspadori, 56), Politano (Dzerbin, 66), Kvaratsxeliya, Simeone.
«Salernitana» – Ochoa, Fasio, Domber (Danilyuk, 84), Lovato, Bradarich, Sambiya (Bronn, 90+1), Lengovski (Perotssi, 66), Martegani, Kandreva, Tshauna, Nvankvo (Ikvuemesi, 90+2). 
Ogohlantirishlar: Kayuste (34), Lengovski (43), Rrahmani (90+7), Kvaratsxeliya (90+10). 

Qatorasiga to‘rt o‘yinda ochko yo‘qotgan «Napoli» nihoyat noxush seriyasini buzdi va dekabr oyi o‘rtalaridan buyon ilk g‘alabasiga erishdi. Lekin A seriyaning so‘nggi o‘rindagi jamoasiga qarshi o‘yinda ham amaldagi chempionlar o‘z muxlislarining asabiga o‘ynashdi. Tom ma’noda to‘p raqib darvozasiga kirishni istamadi, xususan Kvaratsxeliya qulay pozitsiyaga chiqib borib zarba yo‘llaganida ham. G‘alaba golini qo‘shimcha daqiqalargacha kutishga to‘g‘ri keldi, jarima nuqtasidan oshirib berilgan to‘pga himoyachi Rraxmani yetib keldi. Neapolitanliklar iroda ko‘rsatishidan tashqari, «Salernitana»ning irodasizligini ham qayd etish kerak. Bu jamoa hisobda oldinga chiqib olgan o‘yinlarida 15 ochko yo‘qotgan.

«Monsa» — «Inter» 1:5
Gollar:
Pessina (69, penalti) — Chalxono‘g‘li (12 penalti, 60), Martines (14, 84 penalti), Tyuram (88).
«Monsa» – Sorrentino, Kaldirola, D`Ambrozio (Mari, 71), Galyardini, Pedru Pereyra (Birindelli, 58), Pessina (Akpa-Akpro, 80), Kopani, Bondo (Kolombo, 46), Karboni, Churria (Kiryakopulos, 46), Mota.
«Inter» – Zommer, Darmian, de Vrey, Pavar (Bissek, 81), Bastoni (Acherbi, 72), Dimarko (Karlos Augusto, 72), Mxitaryan, Chalxono‘g‘li (Aslani, 62), Barella (Frattezi, 62), Tyuram, Martines.
Ogohlantirishlar: Kolpani (5), Chalxono‘g‘li (58), Birindelli (70), Pavar (77).

«Jyenoa» bilan o‘yinda ochko yo‘qotish va «Verona» bilan o‘yinda so‘nggi daqiqalarda qo‘lga kiritilgan g‘alabadan keyin «Monsa»ga qarshi o‘yinda neradzurrilar o‘yin startidayoq masalani hal qilib qo‘yishdi. Mezbonlar turnir jadvali peshqadami bosimiga 10 daqiqadan ortiqroq dosh berishdi va to‘p himoyachining qo‘liga tekkanidan keyin Hoqon Chalxono‘g‘li penaltini o‘z uslubida ijro etdi. Ikki daqiqa o‘tib Dimarkoning tashlab bergan to‘pni Lautaro Martines darvozaga joyladi. Pessinaning golida VAR ofsayd qayd etishi mezbonlarning o‘yinga qaytish umidini chippakka chiqardi. Ushbu hujumchi ikkinchi bo‘limda baribir qonuniy gol urdi, ammo bu vaqtga kelib «Monsa»da hech qanday imkoniyat qolmagandi. Ikkinchi bo‘lim boshida Chalxono‘g‘li A seriyadagi 222-o‘yiniga kelib ilk dublini rasmiylashtirdi, o‘yin oxirida esa Martines va Tyuram bittadan gol urishdi. Milanliklar «Yuventus» bilan masofani saqlab qolmoqda — va o‘z tarixida ikkinchi bor 20 turdan keyin 50 tadan ortiq ochko to‘plamoqda.

Germaniya: Sancho yana kula boshladi, «Bayyer» birinchi davrada g‘olib bo‘ldi

«Augsburg» — «Bayyer» 0:1
Gol:
Palasios (90+4). 
«Augsburg» – Damen, Mbabu, Gaueleu, Uduoxay, Yago, Yyensen (Engels, 80), Rejbechay (Gumni, 88), Dorsh, Vargas (Mayyer, 62), Demirovich (Bello, 80), Tits (Mixel, 80).
«Bayyer» – Gradetski, Frimpong, Stanishich, Inkapie, Andrix, Grimaldo, Jaka, Hofmann, Palasios, Shik, Glojyek (Virts, 62).
Ogohlantirishlar: Vargas (18), Yago (19), Dorsh (44), Hofmann (45).

«Bayyer» o‘z muxlislarini barcha raqiblarini taslim etishiga o‘rgatib qo‘ygan, ammo birinchi davrani yakunlovchi o‘yinda leverkuzenliklar bazo‘r g‘alabaga erishdi. Bir guruh futbolchilar Afrika Kubogiga ketgani va jamoaning asosiy hujumchisi Bonifasa jarohat tufayli aprelga qadar safdan chiqqani o‘yin sifatiga ta’sir ko‘rsatmasdan qolmasdi. Endi tiklanib safga qaytgan Virs esa faqat yarim soat maydonda harakat qildi. Ammo bu vaqt unga qo‘shimcha daqiqalarda golli hujum uyushtirish uchun yetarli bo‘ldi. Jamoaning bu mavsumdagi asosiy yetakchilaridan yana biri Grimaldo esa Palasiosni golli pas bilan ta’minladi. Bu g‘alabadan keyin «Bayyer» juma kuni o‘z o‘yinida g‘olib bo‘lgan «Bavariya»ni to‘rt ochkoga ortda qoldirmoqda, ammo myunxenliklarda bitta zaxira o‘yini bor.

«Leypsig» — «Ayntraxt» 0:1
Gol:
Knauff (7). 
«Leypsig» – Blasvix, Henriks (Elmaz, 88), Klostermann, Simakan (Lukeba, 87), Raum, Baumgartner (Olmo, 68), Simons, Kampl, Shlager, Openda, Sheshko (Poulsen, 67).
«Ayntraxt» – Trapp, Kox, Tuta, Pacho, Nkunku, Dina-Ebimbe (Yakich, 72), Gyotse (Hauge, 84), Larsson, van de Bek (Buta, 63), Knauff, Kalayjich (Ngankam, 62).
Ogohlantirish: Dina-Ebimbe (41).

Chempionlar ligasiga yo‘llanma beruvchi to‘rtlikka mustahkam joylashib olgan «Leypsig» esa o‘z tarixida ilk bor «Ayntraxt»ga o‘z uyida mag‘lub bo‘lish orqali ta’qibchilariga imkoniyat taqdim etdi. Nkunkuning pasi o‘yin taqdirini hal qildi, u qanot chizig‘i yaqinidan turib to‘pni uzoq ustun tomonga yetkazib berdi, Simakandan o‘tib ketgan to‘pni Knauff darvoza to‘riga joyladi. Bu g‘alabadan keyin «burgutlar» top-4 bilan farqni olti ochkoga qisqartirdi, beshinchi o‘rinni saqlab qolish masalasi esa shanba kungi o‘yinlarni yakunlab beradigan «Borussiya»ning natijasiga bog‘liq edi.

«Darmshtadt 98» — «Borussiya» D 0:3
Gollar:
Brandt (24), Roys (77), Mukoko (90+2).
«Darmshtadt» – Shuen, Bader (Vilhelmsson, 46), Klarer, Maglitsa, Ridel, Karich, Holland, Franich, Kempe (Myuller, 87), Skarke (Tsimmermann, 87), Pfayffer (Torziyello, 87).
«Borussiya» D – Kobel, Mene, Shlotterbek (Zyule, 88), Jan, Matsen, Zabitser, Brandt (Roys, 55), O‘zjan, Malen (Reyna, 88), Baynu-Gittens (Sancho, 55), Fyullkrug (Mukoko, 81).
Ogohlantirishlar: Baynu-Gittens (3), Matsen (31), Maglitsa (51), Reyna (90).

Dortmund esa o‘z imkoniyatidan to‘liq foydalandi va kuchli to‘rtlik bilan oradagi farqni uch ochkogacha qisqartirdi. Birinchi bo‘limda «asalarilar»ning ustunligini Bayno-Gittensning reydi ta’minladi, ushbu ingliz futbolchisi Brandtni deyarli bo‘sh darvoza qarshisiga chiqardi. Ikkinchi bo‘limdagi hal qiluvchi palla esa to‘p burchakdan uzatilganida yaqin masofadan yo‘llangan zarbani qaytargan Kobelning seyvi va hamda Sancho zaxiradan o‘yinga tushishi bo‘ldi. Jamoaga qaytib kelgan ingliz futbolchisi va’da qilganidek yana yuzda tabassum bilan o‘ynay boshladi. 55-daqiqada maydonga tushgan Jyeydon yana porladi va Roysga ideal pas yetkazib berdi. «Borussiya» esa o‘z an’anasini davom ettirdi — jamoa qatorasiga 20 yildirki, yangi yilni g‘alaba bilan boshladi va bu bundesliga rekordi hisoblanadi.

Kun statistikasi

  • Fernandu Santush so‘nggi 10 yil ichida «Beshiktosh» boshqaruvida ilk o‘yinda g‘alaba qozongan 1-xorijlik mutaxassis bo‘ldi.
  • «Vilyarreal» qatorasiga 12 o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlay olmadi. Bu «sariq submarinalar»ning 2002 yildan buyon eng yomon seriyasi.
  • PSV mavsum boshidan buyon qatorasiga 17 uchrashuvda g‘alaba qozondi va o‘z rekordini takrorladi.
  • «Selta» hujumchisi Yago Aspas la ligada urgan gollari sonini 150 taga yetkazdi.
  • «Frayburg» ustozi Kristian Shtrayh bundesligada bir jamoa boshqaruvida 500 ochko to‘plashga erishdi (u jamoaga 2011 yildan buyon bosh murabbiylik qilmoqda). Bungacha bunday natijani Otto Rehagl va Tomas Shaaf «Verder» bilan, Udo Lattek, Yupp Haynkes va Otmar Hitsfeld «Bavariya» bilan, shuningdek, Hennes Vaysvaller Menxengladbahning «Borussiya» klubi bilan qayd etgan.
Ko‘proq yangiliklar: