Qozog‘iston poytaxtida Nursulton Nazarboyev haykali olib tashlandi
Elboshi nomidagi Milliy mudofaa universiteti nomi ham o‘zgartirildi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning 2020 yilda 80 yoshga to‘lishi munosabati bilan ochilgan haykali Ostona shahridagi Milliy mudofaa universiteti hududidan demontaj qilindi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumotlar tarqaldi.
Qozog‘iston Mudofaa vazirligi yodgorlikning olib tashlanishiga izoh berdi.
«Mudofaa vazirining buyrug‘i bilan Qozog‘iston Respublikasining birinchi prezidenti «Elboshi nomidagi Milliy mudofaa universiteti» nomi «Milliy mudofaa universitetiga» o‘zgartirildi. Shu munosabat bilan Milliy mudofaa universiteti hududida joylashgan yodgorlikni Qozog‘iston Qurolli Kuchlari Davlat harbiy tarixi muzeyi binosiga ko‘chirish va o‘rnatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi», deyiladi izohda.
Ayni paytda yodgorlik mudofaa bo‘limi binolaridan birida vaqtinchalik saqlanmoqda. Tayyorgarlik tadbirlaridan so‘ng yodgorlik keyinchalik o‘rnatish uchun muzey binosiga ko‘chiriladi, deb qo‘shimcha qildi vazirlik.
Mavzuga oid

17:10 / 07.03.2025
Olmaotada erkak pichoq bilan aeroport xodimiga tashlandi. Uni tanishini kuzatgani kelgan shaxs zararsizlantirdi

22:01 / 05.03.2025
Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston elchisi bilan strategik sheriklik masalalarini muhokama qildi

17:28 / 04.03.2025
Hindiston-O‘zbekiston transport yo‘lagi Qozog‘istongacha uzaytirildi

10:35 / 04.03.2025