Toshkentning ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Jamiyat 10:11 / 11.01.2024 2117

«Hududiy elektr tarmoqlari» Toshkent shahar filiali xabariga ko‘ra, bu iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlar oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida amalga oshiriladi.

Manzillar:

  • Mirobod tumani: «Zaminobod» MFYning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
  • Yunusobod tumani: «Mingo‘rik» MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 15:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi bildirib o‘tilgan.

Ko‘proq yangiliklar: