Toshkentda Lacetti bilan to‘qnashgan Lada Vesta ag‘darilib ketdi

Jamiyat 13:03 / 11.01.2024 6106

Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida Lacetti va Lada Vesta avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi YTH haqida ma’lumot taqdim etdi.
 
2024 yil 11 yanvar kuni soat 09:00 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Ahmad Yugnakiy ko‘chasida Lacetti rusumli avtomashinasi ikkinchi darajali yo‘ldan harakatlanib, asosiy yo‘ldan harakatlanib kelayotgan Lada Vesta rusumli avtomashinasiga yo‘l bermasligi oqibatida YTH sodir bo‘lgan.

Natijada Lada Vesta transport vositasi ag‘darilib ketgan. Yo‘l-transport hodisasi natijasida tan jarohati olganlar yuq. 
 
Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: