Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Britaniya qo‘rg‘oshin ta’siriga qarshi kurashishni boshlaydi
O‘zbekistonda kundalik turmush davomida foydalaniladigan turli bo‘yoqlar va shunga o‘xshash mahsulotlarning qo‘rg‘oshin darajasini aniqlash bo‘yicha loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Foto: Dunyo AA
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Buyuk Britaniyaning «Qo‘rg‘oshin ta’siriga qarshi kurashish loyihasi» (LEEP) nodavlat notijorat tashkiloti koordinatori Charlz Lyudon va menejyer Bol Dxital bilan uchrashuv o‘tkazdi.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, «Qo‘rg‘oshin ta’siriga qarshi kurashish loyihasi» NNT shaklidagi tashkilot bo‘lib, BMTning atrof-muhitni muhofaza qilish dasturi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi. LEEP Jahon qo‘rg‘oshinli bo‘yoqlarni yo‘qotish xalqaro alyansi a’zosi hisoblanadi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonda kundalik turmush davomida foydalaniladigan turli bo‘yoqlar va shunga o‘xshash mahsulotlarning qo‘rg‘oshin darajasini aniqlash bo‘yicha rejalashtirilgan loyihani amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Xorijiy tomonga ko‘ra, LEEP O‘zbekistonda olib bormoqchi bo‘lgan izlanishlari davomida mahalliy bozordagi bo‘yoqlarni o‘rganib chiqish orqali ular tarkibidagi qo‘rg‘oshin darajasini aniqlaydi va mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Qurilish vazirligiga o‘z takliflarini taqdim etadi.
Izlanishlar to‘liq LEEP tomonidan moliyalashtiriladi va ushbu loyihaga kelgusida 250 ming AQSh dollari ajratilishi rejalashtirilgan.
Muzokaralar yakunida, tomonlar mazkur loyihaning dastlabki bosqichi sifatida Britaniya delegatsiyasining respublika safarini 8-26 yanvar kunlari tashkil etish va tashrif davomida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda «Qo‘rg‘oshin darajasini pasaytirish bo‘yicha mahorat darslari»ni o‘tkazishga kelishib oldi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sakkizta davlat YeIning Belarusga qarshi sanksiyalar paketiga qo‘shildi
Jahon | 01:24
-
Jyeki Chan kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
Jamiyat | 00:53
-
Makron Netanyaxuning G‘azoni bosib olish rejasini falokat deb hisoblamoqda
Jahon | 00:36
-
Xitoylik olimlar kosmik chiqindilarni yo‘q qilish usulini topishdi
Fan-texnika | 00:18
Mavzuga oid

12:39 / 30.07.2025
Fransiya va Britaniya ortidan Malta ham Falastinni tan oladi

08:37 / 21.07.2025
O‘zbekiston va Uels mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik o‘rnatishi mumkin

10:25 / 11.07.2025
O‘zbekiston va Britaniyaning iqtisodiy yo‘nalishdagi "aql markazlari" hamkorlik qiladi

21:20 / 03.07.2025