“Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali xabariga ko‘ra, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida 10 yanvar kuni qator manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.
Manzillar:
- Yashnobod tumani: “Navro‘zobod” MFYning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
- Mirzo Ulug‘bek tumani: “Iqtidor” MFYning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 16:00 gacha.
Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi aytilgan.