Toshkentda «VAZ-2107» yonib ketdi

Jamiyat 11:58 / 10.01.2024 6008

Shayxontohur tumanida "VAZ-2107" avtomobili yonib ketdi. Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan ma’lumot berdi.

Bugun, 2024 yil 10 yanvar kuni soat 09:46 larda, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, "O‘qchi" MFY, B.Zokirov ko‘chasi, 2-uy oldida to‘xtab turgan, fuqaro D.S.ga tegishli "VAZ-2107" rusumli avtomobilda elektr simlarida qisqa tutashuv oqibatida yong‘in yuzaga kelgan.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: