Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyatidagi xonadondan qariyb 32 kg marixuana topildi
Jomboy tumanida yashovchi shaxsning uyidan salkam 32 kg marixuana, shuningdek, opiy va psixotrop tabletkalar musodara etilgan.

Foto: O‘zA
Samarqand viloyati Jomboy tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda xonadonlardan biridan giyohvandlik moddalari topilgan va musodara qilingan.
«Samarqand viloyati huquq-tartibot idoralari tomonidan Jomboy tumanida Eski Jomboy mahallasida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan A.A.ning yashash uyi va yordamchi xo‘jalik xonalarida tintuv o‘tkazilganda og‘irligi 31 kilogramm 855 gramm bo‘lgan marixuana giyohvandlik vositasi, 2 gramm opiy giyohvandlik moddasi va 2 dona psixotrop tabletka topilib, tegishli tartibda rasmiylashtirildi», deyiladi O‘zA xabarida.
DXX viloyati boshqarmasi hamda IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbir davomida Samarqand tumanida yashovchi 1991 yilga tug‘ilgan R.A. hamda 1992 yilda tug‘ilgan B.M. 198 dona «Zardeks» psixotrop dori vositasini mahalliy fuqaroga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kichik Chimyon tog‘ida yong‘in sodir bo‘ldi
Jamiyat | 23:00
-
Buloqboshida yana toshqin xavfi: aholi Janubiy Farg‘ona kanalida suv sathi ko‘tarilganidan xavotirda
Jamiyat | 22:27
-
Fransiya va Britaniya yadroviy tiyib turish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi
Jahon | 22:19
-
Xitoyda Shinjon-Uyg‘ur avtonomiyasi amaldori o‘limga hukm qilindi
Jahon | 22:15
Mavzuga oid

13:09 / 09.07.2025
Samarqandda 3 milliard so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlandi

14:59 / 24.06.2025
Samarqandda Zarafshon daryosi qirg‘og‘ida qolib ketgan fuqarolar qutqarildi

10:21 / 21.06.2025
Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini sotayotganlar ushlandi

17:15 / 10.06.2025