Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nukusda ikki kishi noma’lum moddadan zaharlandi. Ulardan biri vafot etgan
Hozirda maxsus komissiya tuzilib, baxtsiz hodisaning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda.

Foto: Kun.uz
Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida ikki nafar fuqaro noma’lum etiologiyali modda ta’sirida zaharlandi. Bu haqda shahar hokimining 6 yanvarda qabul qilingan baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish va oqibatlarini bartaraf etish to‘g‘risidagi qarorida ma’lum qilingan.
Hujjatda keltirilishicha, voqea 2023 yilning 29 dekabr kuni Nukus shahri 23-kichik tumanidagi xonadonlarning birida sodir bo‘lgan. Baxtsiz hodisa oqibatida 2 fuqaro Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston filialiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, ulardan biri vafot etgan.
Baxtsiz hodisaning kelib chiqish sabablarini aniqlash uchun komissiya tuzilgan.
Oldinroq Qoraqalpog‘iston respublikasi Chimboy tumanida bir oilaning 5 nafar a’zosi is gazidan zaharlanib, vafot etgandi.
Mavzuga oid

14:39 / 16.07.2025
AQShda yosh bolalar o‘rtasida nikotin bilan zaharlanish soni keskin oshdi

15:55 / 12.07.2025
Nukus - Oqtov yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

07:41 / 12.07.2025
Dog‘istonda 300 dan ortiq kishi suvdan zaharlandi

17:42 / 07.07.2025