O‘zbekiston noyabrda ham eng ko‘p oltin sotgan davlat bo‘ldi

Iqtisodiyot 18:59 / 06.01.2024 11750

O‘zbekiston Markaziy banki noyabr oyida dunyodagi boshqa moliyaviy regulyatorlardan ko‘proq oltin sotdi. Bu haqda Jahon Oltin Kengashining (WGC) oylik ma’lumotlarida keltirib o‘tilgan

Hisobot davrida jahon markaziy banklarining jami oltin zaxiralari 44 tonnaga oshgan. 

Noyabr oyida qimmatbaho metallarning eng faol xaridorlari Turkiya (25 tonna), Polsha (19 tonna) va Xitoy (12 tonna) Markaziy banklari bo‘ldi.

Mazkur vaqtda oltinning asosiy sotuvchisi O‘zbekiston Markaziy banki bo‘ldi va o‘z zaxiralarini 11 tonnaga qisqartirdi. Shuningdek, Qozog‘iston Markaziy banki tomonidan ham 3 tonna oltin sotilgan.

2023 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston qimmatbaho metallarni sotish bo‘yicha Qozog‘istondan biroz ortda qolib, ikkinchi o‘rinni egalladi. Xitoy sof xaridlar bo‘yicha yetakchi bo‘ldi, undan keyingi o‘rinlarni Polsha va Singapur.

Ma’lumot uchun, 2023 yilning 11 oyida O‘zbekiston 8,1 mlrd dollar qiymatidagi oltin sotdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 2,3 barobarga ko‘p. Shuningdek, 2022 yilda 4,1 mlrd dollarlik, 2021 yilda 4,1 mlrd dollarlik, 2020 yilda 5,8 mlrd dollarlik, 2019 yilda esa 4,9 mlrd dollarlik oltin sotilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: