Toshkentda chiqindilarni olib chiqib ketish tariflari o‘zgardi
Toshkent shahar hokimining qarori bilan qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun yangi to‘lov tarifi tasdiqlandi. Yangi tarifga ko‘ra, endilikda poytaxt aholisi chiqindi uchun kishi boshiga bir oyda 7500 so‘mdan to‘laydi.

“Maxsustrans ishlab chiqarish boshqarmasi” DUK tomonidan Toshkent shahrida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun yangi tarif narxlari belgilandi. Yangi narxlar poytaxt hokimining 2024 yil 4 yanvardagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan.
Qarorda keltirilishicha, endilikda Toshkent shahrida kishi boshiga bir oyda 7500 so‘m “chiqindi puli” undiriladi. Budjet, yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarga 1 metr kub chiqindi uchun to‘lov miqdori 89 977 so‘mni tashkil qiladi. 1 tonna suyuq va qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun budjet, yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlardan 188 808 so‘m undiriladi.
Hozirgi kungacha amal qilgan tarifda aholi uchun kishi boshiga bir oyda 4500 so‘m, budjet tashkilotlari va korxonalarga 53 986 so‘m, suyuq va qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun budjet hamda xo‘jalik korxonalariga 20 174 so‘m narx belgilangandi.
Mavzuga oid

10:06 / 13.03.2025
Toshkentda belgilanmagan joyga chiqindi tashlayotganlarga qarshi reyd boshlandi

16:51 / 08.03.2025
Chiqindidan qarzdorlarning svet uchun to‘lov qilishini cheklash haqidagi qonun imzolandi

17:44 / 06.03.2025
Toshkent shahri hokimligi bir xonadonga 3 qopdan chiqindi limiti qo‘yilgani haqidagi xabarlarni rad etdi

18:13 / 13.02.2025