Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘nga yaqin amaldorning tadbirkorlik faoliyati cheklandi
Ular orasida Energetika vaziri o‘rinbosari Umid Mamadaminov, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov, Mirobod tumani hokimi Anvar Sayfutdinov hamda Bo‘ston tumani hokimi Sanobar Nosirova bor.

Tadbirkorlik sub’yektlarida ta’sischi yoki ulushga ega bo‘lgan bir qator mansabdor shaxslarning tadbirkorlik faoliyati cheklandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini bartaraf etish yuzasidan agentlik tomonidan chora ko‘rilgan. Jumladan, quyidagi mansabdorlarning tadbirkorlik sub’yektlarida ta’sischilik va rahbarlik faoliyati tugatilgan:
- “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” DUK bosh direktori Sherali Abdujabborov;
- Toshkent shahri, Mirobod tumani hokimi Anvar Sayfutdinov;
- “Milliy antidoping agentligi” rahbari Abdushukur Sodiqov;
- “Axborotlashtirish bosh markazi” UK rahbari Dilshod Sarixo‘jayev;
- Andijon viloyati, Bo‘ston tumani hokimi Sanobar Nosirova;
- “Milliy PR-markazi” DUK direktori Dilfuza Samandarova;
- Energetika vaziri o‘rinbosari Umid Mamadaminov;
- Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov.
Kun.uz oldinroq “biznesmen” hokimlar aqida surishtiruv e’lon qilgandi. Mazkur surishtiruvda Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimi Sanobar Nosirova hamda Mirobod tumani hokimi Anvar Sayfutdinov tadbirkorlik sub’yektlarida ulushga egaligi ma’lum qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 10 noyabrda kuchga kirgan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunda davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar kiritilgan. Xususan, davlat fuqarolik xizmatchisi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga, jumladan, tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishga, tadbirkorlik faoliyati sub’yektida tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini bajarishga haqli emas. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 6 martdagi qarori bilan davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining xodimlari tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi taqiqlangan.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Shavkat Mirziyoyev mahalla inspektori bo‘lgan katta leytenantga kapitan unvonini berdi, fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:54 / 11.07.2025
-
«Ertalab soat 6 da kimdir kelishini kutmagandim». Ulug‘bek Rashidov diskvalifikatsiya qilinganiga izoh berdi
Sport | 23:47 / 11.07.2025
-
Ispaniyada «Rostex» vitse-prezidentining o‘g‘li ushlandi. U pul yuvishda gumonlanmoqda
Jahon | 23:23 / 11.07.2025
Mavzuga oid

17:00 / 05.07.2025
“Golden cash” ishi: “ko‘rinmas odam” o‘zbekistonliklarni qanday chuv tushirgandi?

16:18 / 30.06.2025
Qimmatbaho metallarni qayta ishlashning yillik hajmi 7 tonnaga yetkaziladi

12:02 / 19.06.2025
Sotib yuborilayotgan bog‘, maktab va bog‘cha hududlari. Nima qilish kerak?

16:38 / 13.06.2025