Jizzaxda Gentra transformatorga urilib, aholini chiroqsiz qoldirdi

Jamiyat 10:25 / 03.01.2024 19270

Jizzax viloyatida Gentra mashinasi transformator bilan to‘qnashgan. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2 yanvar kuni tunda Sharof Rashidov tumani “So‘g‘diyona” MFY hududida sodir bo‘lgan.

Gentra mashinasi harakatlanib kelib yo‘l chetiga chiqib ketgan va transformator o‘rnatilgan beton ustunga borib urilgan. Oqibatda, transformator ag‘darilib, mashinani bosib qolgan. Aholining elektr ta’minoti uzilgan.

Holat yuzasidan huquq-tartibot organlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Hodisadan so‘ng voqea joyiga tuman elektr ta’minoti korxonasi mas’ullari tomonidan zaxira transformatori olib kelingan. Hozirda transformatorni almashtirish va elektr ta’minotini tiklash ishlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: