Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha interaktiv “Moliya olami” elektron platformasi ishga tushirildi

Jamiyat 16:16 / 28.12.2023 16632

So‘nggi o‘n yillikda moliyaviy vositalar va bank tizimlaridan foydalanish sezilarli darajada oshdi – Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, bank hisobraqamiga ega bo‘lgan foydalanuvchilar soni qariyb ikki baravarga ko‘paydi. Bu esa yangi raqamli xizmatlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Bugungi kunda mamlakat aholisi zamonaviy onlayn platformalar bilan faol aloqada bo‘lib, ulardan raqamli moliyaviy bilimlarini oshirish uchun foydalanmoqda.

“Moliya olami” bu – kundalik hayotda moliyaviy savodxonlik asoslari haqida oddiy va sodda ravishda tushuntirib beradigan interaktiv ta’lim beruvchi onlayn platforma hisoblanadi.

Platforma O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va raqamli to‘lovlar bo‘yicha jahonda yetakchi Visa kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan hamda ishga tushirilgan.

Barcha kerakli moliyaviy bilimlar onlayn o‘rganiladi va o‘quv dasturi yakunida ishtirokchi test topshiriqlarini bajarishi kerak bo‘ladi. Har bir qatnashchi elektron platformada o‘quv tematik modullarining quyidagi 4 ta bosqichidan o‘tishi lozim:

  1. «Bilimlar mamlakati» – kartalar va banklar haqida asosiy bilimlar
  2. «Chiqimlar mamlakati» – mablag‘larni oqilona sarflash  
  3. «Jamgʻarmalar mamlakati» – jamg‘armalar va sarmoyalar
  4. «Biznes mamlakati» – biznes uchun maslahatlar va layfhaklar

Yakunda ulardan mazkur modullar bo‘yicha ko‘nikmalar va test sinovi olinadi. Shu bilan birga, ishtirokchilar platformada moliyaviy savodxonlik bo‘yicha o‘quv resurslaridan va bank kartalarini ochish uchun tijorat banklarining veb-saytlari havolalaridan foydalanishlari mumkin.

Markaziy Osiyo va Ozarboyjondagi Visa mintaqaviy boshqaruvchisi Kristina Dorosh bu borada o‘z fikrlarini bildirdi: “Visa kompaniyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri butun dunyo bo‘ylab odamlar va biznes uchun moliyaviy xizmatlar va mahsulotlardan teng foydalanishni ta’minlashdir. Shunday ekan, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish mamlakat va jamiyat iqtisodiyoti rivojlanishining muhim qismidir. Biz texnologiyalarimiz va mahsulotlarimiz jamiyat farovonligini oshirishi, tadbirkorlik rivojiga hissa qo‘shishiga intilamiz. Shu bois O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ko‘magida Visa kompaniyasi ushbu “Moliya olami” interaktiv ta’lim loyihasini ishlab chiqdi. Uning maqsadi O‘zbekiston aholisiga o‘z moliyasini boshqarish bo‘yicha amaliy bilim olishga yordam berish, bank mahsulotlari, xizmatlari va raqamli to‘lovlar haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lish hamda pulni to‘g‘ri tejashni o‘rgatishdan iborat”.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliyaviy savodxonlik departamenti direktori Dilbar Abdug‘aniyeva bu borada o‘z fikrlarini bildirdi: “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki moliyaviy savodxonlikni oshirish borasidagi faoliyatida raqamli muhitning faol rivojlanishi davrida iste’molchilarning moddiy farovonligiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni oshirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Raqamli gigiyenani oshirish ham zamonaviy jamiyatdagi asosiy tendensiyalardan biridir. Raqamli moliyaviy xizmatlar va mahsulotlar bugungi kunda shunchaki vositalar emas, balki butunlay yangi imkoniyatlarni ochadigan to‘liq muhitdir. "Moliya olami" ta’lim loyihasi - bu o‘rganish va o‘tish oson bo‘lgan interaktiv ta’lim vositasi. Shaharlar bo‘ylab sayohat qilish har doim firibgarlik xavfi mavjud bo‘lgan raqamli dunyoda kundalik xarajatlar va hisob-kitoblar, jamg‘arma va biznesni boshlash, kreditlash va qarz olish sohalarida moliyaviy savodxonlik ko‘nikmalaringizni oshirishga imkon beradi. Barchangizga qiziqarli sayohat tilaymiz!”.

“Moliya olami” bu – aholi uchun interaktiv “edutainment” formatidagi onlayn o‘quv ta’lim loyihasi. Loyiha ishtirokchilari dasturni muvaffaqiyatli yakunlaganda ularga sertifikat taqdim etiladi. O‘rinlar soni cheklangan, o‘z moliyaviy hayotingizni va holatingizni yaxshilash uchun ulgurib qoling.

Moliyaviy bilimlarsiz to‘kis va farovon hayot qurib bo‘lmaydi!

“Moliya olami” platformasi: https://financeworld.uz/

Markaziy bank moliyaviy savodxonlik veb-sayti: https://finlit.uz/oz/

 Reklama

Ko‘proq yangiliklar: