Uy sotish haqida internetda mustaqil e’lon berish taqiqlanishi mumkin
Davaktiv tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasiga ko‘ra, fuqarolarga o‘z uyini sotish uchun internetda mustaqil e’lon berish taqiqlanishi mumkin. Ushbu xizmat faqat riyeltorlik tashkilotlari va ko‘chmas mulk bo‘yicha agentlar orqali amalga oshirilishi taklif qilinmoqda.

Foto: Shutterstock
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan ishlab chiqilgan “Riyeltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Loyihaga ko‘ra, fuqarolarga o‘z uyini sotish uchun internetda mustaqil e’lon berish taqiqlanishi mumkin. Ushbu xizmat faqat riyeltorlik tashkilotlari va ko‘chmas mulk bo‘yicha agentlar orqali amalga oshirilishi taklif qilinmoqda.
«Jismoniy yoki yuridik shaxslarning ko‘chmas mulk obektlarini reklama qilish va e’lonlari, shu jumladan butunjahon axborot tarmog‘i internetda yoki ijtimoiy tarmoqlar sahifalarida joylashtiriladiganlari, ko‘chmas mulk mulkdorlari tomonidan faqat riyeltorlik tashkilotlari va ko‘chmas mulk bo‘yicha agentlar orqali bepullik asosida amalga oshiriladi», deyiladi qonun loyihasining 27-moddasida.
Avvalroq, Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov qurilish, savdo, xizmat ko‘rsatish sohalaridagi ayrim to‘lovlarni faqat bank kartalari orqali amalga oshirish amaliyotini joriy qilish yuzasidan hujjat loyihasi ishlab chiqilganini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid

23:28 / 10.03.2025
Rossiyadan ko‘chmas mulk xarid qilayotgan o‘zbekistonliklar soni oshgani ma’lum bo‘ldi

17:01 / 06.03.2025
Toshkentda uy-joy narxlari yillik hisobda 2,3 foizga pasaydi

18:51 / 05.03.2025
Ko‘chmas mulkning bozor narxiga yaqin qiymatini aniqlash maqsadida ommaviy baholash o‘tkaziladi

17:52 / 25.02.2025