Qamchiqda kuchli qor yog‘yapti, dovonda harakatlana olmagan haydovchilarga yordam ko‘rsatilyapti
Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari Qamchiq dovonida harakatlana olmagan avtomobillarning haydovchilarga yordam ko‘rsatmoqda.

Foto: Videodan kadr
Bugun, 27 dekabr kuni Qamchiq dovonida kuchli qor yog‘ishi va shamol kuzatilmoqda.
FVV xabariga ko‘ra, ayrim haydovchilar bunday ob-havo sharoitida harakatlanishga tayyor emasligi kuzatilgan, natijada ularning avtomashinalariga FVV qutqaruvchilari tomonidan yordam ko‘rsatilib kerakli manzilgacha yetkazilmoqda.
Ayni damda Qamchiq dovonida harakat ikki tomonlama tashkil etilgani, vaziyat nazorat ostida ekani aytiladi.
Avvalroq «O‘zgidromet» Toshkent shahrini va respublika g‘arbiy hududlarini vodiy viloyatlari bilan bog‘lovchi Qamchiq dovonida 27 dekabr kuni qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan tuman kuzatilishi, yaxmalak yuzaga kelishi kutilayotgani to‘g‘risida xabar bergandi.
«2023 yil 27 dekabr kuni A-373 «Toshkent – O‘sh» avtoyo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik va tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi 15 – 20 metr/soniyagacha kuchayishi natijasida avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin», deyilgan xabarda.
Mavzuga oid

08:01 / 08.03.2025
Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi

16:42 / 26.02.2025
Toshkent shahri hokimligi daraxtlar qulashi xavfi tufayli aholini ogohlikka chaqirdi

11:47 / 26.02.2025
Qish so‘ngida Toshkentni qalin qor qopladi - foto

12:13 / 13.11.2024