2023 yilning yanvar-noyabr oylarida meva-sabzavot eksporti hajmi bo‘yicha eng katta ko‘rsatkich piyoz mahsulotida qayd etildi – 263,8 ming tonna.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, undan keyingi o‘rinlardan eksporti hajmi mos ravishda 148,5 ming tonna hamda 147,6 ming tonna bo‘lgan mosh va qovun va tarvuz joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan mahsulotlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
uzum – 121 ming tonna;
shaftoli – 87,2 ming tonna;
o‘rik – 63 ming tonna;
pomidor – 54,2 ming tonna;
uzum (quritilgan) – 52,2 ming tonna;
xurmo – 50,3 ming tonna;
gilos – 45 ming tonna;
olxo‘ri (quritilgan) – 34 ming tonna;
tariq – 15,3 ming tonna.