Lutfulla To‘rayev futbolchilik faoliyatini yakunladi

Sport 15:22 / 27.12.2023 20299

Tribuna.uz xabariga ko‘ra, 35 yoshli yarimhimoyachi futbolchilik faoliyatidan so‘ng murabbiylik faoliyatini boshlamoqchi. Lutfulla To‘rayev Farg‘ona klubi murabbiylar shtabi taklifiga ko‘ra, «Neftchi» ustozi Vitaliy Levchenko bilan birga ishlaydi.

Lutfulla To‘rayev futbolchilik faoliyatini 2004 yilda «Mash’al» klubida boshlab, «Nasaf», «Bunyodkor», «Lokomotiv», «Felda Yunayted» (Malayziya), OKMK va «Neftchi» klublari sharafini himoya qilgan. Milliy jamoa tarkibida ham 24 o‘yinda maydonga tushgan.

Ma’lumot uchun, 35 yoshli yarimhimoyachi 2023 yilgi mavsumda Superligada 15 o‘yinda maydonga tushib, vodiy klubi bilan mavsumni 5-o‘rinda yakunladi. U jarohati sababli uzoq muddatga safdan chiqqan edi.

To‘rayev «Bunyodkor» safida 2013 yil O‘zbekiston chempioniga aylangan. Shuningdek, 3 karra mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan.

Avvalroq, Vadim Abramov Lutfullani «Dinamo»ga taklif etgani, biroq futbolchi sobiq ustoziga faoliyatini yakunlashga qaror qilgani haqida aytgani ma’lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: