O‘zbekiston 2023 yilning yanvar-noyabr oylarida qiymati 2,8 mlrd dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich umumiy eksportning 12,1 foizini tashkil etgan.
Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor to‘qimachilik mahsulotlari (41,3 foiz), kalava-ip (40,7 foiz) asosiy ulushni egallagan.
Yil boshidan 626 turdagi to‘qimachilik mahsulotlari dunyoning 63 ta davlatiga eksport qilingan. Natijada, to‘qimachilik mahsulotlari eksporti hajmi o‘tgan yilga nisbatan sezilarli darajada oshgan.
To‘qimachilik mahsulotlari tarkibida:
- tayyor to‘qimachilik mahsulotlari – 1,2 mlrd;
- kalava-ip – 1,1 mlrd;
- trikotaj mato – 284,8 mln;
- gazlamalar – 164,8 mln;
- paypoq mahsulotlari – 56,9 mln dollar.