Samarqandda elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilish kuzatilmoqda
Samarqand tumani va Samarqand shahrining ayrim hududlaridagi iste’molchilar (16 000 ta) elektr ta’minotidan qisman uzilgan.
Samarqand shahri va tumanining ayrim hududlaridagi iste’molchilarning elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilish kuzatilmoqda
Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, bugun, 23 dekabr kuni soat 12:00 da Samarqand viloyatidagi 110 kV «L-G‘arbiy-1, 2» elektr uzatish tarmoqlarida nosozlik yuzaga kelgan.
Buning natijasida Samarqand tumani va Samarqand shahrining ayrim hududlaridagi iste’molchilar (16 000 ta) elektr qisman ta’minotidan uzilgan.
Hozirgi vaqtda ushbu nosozlik «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Samarqand hududiy filialining maxsus brigadalari tomonidan bartaraf etilmoqda.
Mavzuga oid

12:12 / 06.03.2025
Samarqanddagi bog‘chada ham tarbiyachi bolalarni kaltakladi

09:40 / 06.03.2025
2,1 mlrd so‘mlik elektrdan o‘g‘rincha foydalangan korxona fosh etildi

14:05 / 05.03.2025
Toshkent va Andijonda 1 mlrd so‘mlik elektrdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi

09:32 / 05.03.2025