Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida Cinema Park erkin iqtisodiy zonasi tashkil etiladi
Shuningdek, Buxoro va Samarqand viloyatlarida ham erkin iqtisodiy kinohududlar barpo etiladi. Bu haqda Prezident raisligida o‘tgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi yig‘ilishida mas’ullarga tegishli takliflarni ishlab chiqish topshirildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Milliy seriallarni g‘oyaviy-badiiy va texnik jihatdan jozibali, hamma qiziqib ko‘radigan darajaga yetkazish zarurligi ta’kidlandi.
Shu maqsadda “Milliy seriallar ishlab chiqarish konsepsiyasi” ishlab chiqiladi. Unda, avvalambor, mahalliy ijodkorlarga, xususan, ijrochi san’atkorlar, dramaturg va rejissyorlar uchun zamonaviy sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratiladi.
Buning uchun erkin iqtisodiy zona – Cinema Park tashkil qilish lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.
Vazirlar Mahkamasiga Cinema Park uchun davlat-xususiy sheriklik asosida Toshkent viloyati hududidan 50 gektar yer maydoni ajratish bo‘yicha taklif kiritish topshirildi.
Buxoro, Samarqand, Toshkent viloyatlari hokimlariga o‘z viloyatlarida “erkin iqtisodiy kinohududlar” barpo etish bo‘yicha loyihalarni boshlash topshirildi.
Buyuk ajdodlarning ibratli hayot yo‘li haqida ko‘p qismli animatsion filmlar yaratishni ham nazarda tutish lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.
Mavzuga oid

20:48 / 25.06.2025
“Xususiy kinostudiyalar tomonidan tayyorlanayotgan filmlarni biz nazorat qilmaymiz” – Kinematografiya agentligi

16:54 / 12.02.2025
Rossiya bilan kino sohasida hamkorlik qilinadi

16:18 / 16.01.2025
Vengriyada O‘zbekiston kino haftaligi bo‘lib o‘tadi

11:32 / 28.12.2024