Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Biz bunga hech qachon jim qarab turolmaymiz» - prezident jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash tadbirlari haqida
Davlat rahbari ko‘chalar tom ma’noda tinch va toza, jinoyatdan xoli bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev so‘nggi haftalarda korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tezkor tadbirlar haqida fikr bildirdi.
«O‘zini “ko‘cha” deb ataydigan jinoiy guruhlar bo‘ladimi, korrupsiyaga berilgan mansabdor shaxslar bo‘ladimi, kim qonunga bepisand qarab, davlat va jamiyatga zarar yetkazadigan bo‘lsa, biz bunga hech qachon jim qarab turolmaymiz.
Ko‘chalarimiz, mahallalarimiz, hayotimiz tom ma’noda tinch va toza, jinoyatdan xoli bo‘lishi kerak.
Yangi O‘zbekistonda qonun ustuvor, jinoyatga jazo muqarrar bo‘lishi shart. Va albatta shunday bo‘ladi», - dedi prezident.
- 2023 yil noyabr oyi oxirida O‘zbekistonda, rasmiylar ta’rifiga ko‘ra, «kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha tezkor-profilaktik tadbirlar» boshlandi. Toshkentdagi reydlarning o‘zida o‘tgan vaqt davomida qo‘lga olinganlar soni 100 dan oshadi. Ular orasida «Salimboy» laqabi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev, «Baxti Tashkenskiy» laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev hamda «Saydaziz medgorodok» laqabi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev ham bor.
- Shuningdek, korrupsiyaga yo‘l qo‘yishda gumonlangan mansabdorlar qo‘lga olinmoqda, ular orasida sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov, Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Saidahmad Sultonov, Markaziy bankning Buxoro viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i Erkin Mansurov, Bekobod tuman hokimi Shuhrat Mirzayev, Buxoro tumani sobiq hokimi Xayrullo Jo‘rayev kabilar bor. Bundan tashqari, soliq idoralarining uch nafar mansabdori qamoqqa olingan, sug‘urta kompaniyasi bilan 145 mlrd so‘mni o‘zlashtirmoqchi bo‘lgan bojxona xodimi ham hibsda.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uzum ta’minotchilar uchun sahifani ishga tushirdi
O‘zbekiston | 16:50
-
Kreml Trampning yangi bayonotlarini tahlil qilish uchun vaqt kerakligini qayd etdi
Jahon | 15:27
-
Migrantlarga Rossiyaga kirishda tibbiy ma’lumotnoma taqdim etish majburiyati yuklanishi mumkin
Jahon | 15:24
-
Saudiya Arabistoni 170 km uzunlikdagi osmono‘par shahar loyihasini qayta ko‘rib chiqmoqda
Jahon | 15:19
Mavzuga oid

14:03 / 09.07.2025
5,2 mingta mahallada o‘tgan 6 oyda birorta jinoyat sodir bo‘lmadi

20:51 / 08.07.2025
Yil boshidan buyon sodir etilgan jinoyatlarning 42 foizini kiberjinoyatlar tashkil qildi

23:45 / 28.06.2025
Ozarboyjon Rossiyani ikki ozarboyjonlikni o‘ldirganlikda aybladi va tergov talab qildi

16:27 / 23.06.2025