17 dekabr kuni taxminan soat 01:50 atrofida Toshkent shahrining Yunusobod tumanida Spark avtomashinasi urib yuborgan fuqaro vafot etdi.
Haydovchi tumanning Kuloltepa ko‘chasida harakatlanib ketayotgan vaqtda piyodani urib yuborgan. Oqibatda u voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov davom etmoqda.