O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi hajmi 57 mlrd dollardan oshdi

Iqtisodiyot 08:09 / 21.12.2023 18605

2023 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 57,3 mlrd AQSh dollariga yetgan. 

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, tashqi savdo aylanmasi hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 26,2 foizga oshgan.

Eksport – 23,2 mlrd (30,6 foizga oshgan), import – 34,1 mlrd (23,3 foizga oshgan).

O‘zbekiston 2023 yilning yanvar-noyabr oylarida jahonning 199 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.

TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (21,3 foiz), Rossiya (15,5 foiz), Qozog‘iston (7 foiz), Turkiya (5 foiz) va Koreya Respublikasi (3,7 foiz) bilan qayd etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: