15-16 dekabr kunlari Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti va Xitoyning Henan Suda kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Institut matbuot xizmatining xabar berishicha, uchrashuv davomida O‘zbekistonda energiya tejamkor texnologiyalar va elektromobillarni quvvatlash qurilmalari hamda texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik kelishuvi imzolangan.
Kelishuvga ko‘ra, 2033 yilgacha 14 ta hududda 70 dan ortiq markazlashtirilgan va 50 mingta markazlashtirilmagan zaryadlash stansiyalarini qurish hisobiga 700 mingdan ortiq elektr transport vositalarini quvvatlantirish nazarda tutilgan.