Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qum barxanlari orasidagi hayot – “Oqtog‘ tomdi” | Manzil
Navoiy viloyatining Tomdi tumani yastanib yotgan bepoyon cho‘llardan iborat. Atrofga qarab bu yerlarda umuman tirik jon bo‘lmasa kerak, degan xayol o‘tadi odamdan. Aslida esa unday emas. “Manzil” loyihasi mana shu cho‘lliklardagi flora va faunani saqlab qolish uchun tashkil qilingan “Oqtog‘ tomdi” davlat qo‘riqxonasiga sayohat qildi.

Qo‘riqxona tomon yo‘l olarkanmiz, ora-orada ovullar ko‘rinib qoladi. Eng oxirgi ko‘rgan ovulimiz O‘temurad ovuli. Bu ovuldan keyin qo‘riqxona hududigacha 80 km cho‘l oralab yurib borish kerak.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, qo‘riqxona hududida daraxtlardan saksovul, chala butalardan shuvoq, pechak va sho‘raklar tarqalgan. Bu yerda o‘tlar orasida yantoq, kiyiko‘ti, isiriq va boshqa turdagi ko‘plab o‘simliklar uchraydi. Bahor mavsumida qizg‘aldoq, boychechak, lola kabi manzarali o‘simlik turlari o‘sadi.
Sudralib yuruvchilardan bo‘z echkemar, taroq barmoqli gekkon, qurbaqabosh cho‘l kaltakesak, yol-yo‘l kaltakesak, charxilon, cho‘l toshbaqasi uchraydi.
Sut emizuvchilardan jayron, yovvoyi to‘ng‘iz, ingichka barmoqli yumronqoziq, tushki qumsichqon, bo‘ri, tulki, qum tovushqoni, yovvoyi quyon kabi hayvonlar yashaydi.
Qushlardan lochin, tentakqush, cho‘l moyqut, cho‘l qarg‘asi, to‘rg‘ay uchraydi.
Umurtqasiz hayvonlardan tirik o‘rgimchaksimonlar sariq falanga, chayon, qora tanali qo‘ng‘izlar, iskabtoparlar, zahkashlar keng taqalgan.
Tohirjon Tursunov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uchun maxsus
Ushbu ko‘rsatuv O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan hamkorlikda tayyorlandi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul boshlandi
Ta’lim | 12:15
-
Pora bilan ushlangan MIB xodimi 6 yilga qamaldi
Jamiyat | 12:13
-
Tramp Putin bilan uchrashuv muvaffaqiyatsiz yakunlansa, sanksiyalardan voz kechmaydi – Grem
Jahon | 11:51
-
Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati pasayishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 11:42
Mavzuga oid

17:37 / 13.05.2025
“Na ketishni bilamiz, na qolishni” - boysunliklar gaz hidi haqida

10:00 / 07.05.2025
“Telefonda gaplashish uchun shu cho‘qqiga chiqardik” - qishloqlarda aloqa, internet qanday?

20:16 / 05.05.2025
Toshkent shahri va viloyatida to‘rtta sher noqonuniy boqib kelingani aniqlandi

20:33 / 28.04.2025