O‘zbekistonda mandarin narxi rekord darajada arzonlashdi

Iqtisodiyot 08:32 / 20.12.2023 21255

O‘zbekistonda mandarinlarning ulgurji narxlari pasayishda davom etib, yilning shu davri uchun yangi eng past darajaga yetdi

Joriy yilning 8 dekabridan 15 dekabrigacha mandarinning o‘rtacha ulgurji narxi bir kg uchun 10 mingdan 8 ming so‘mgacha, ya’ni 20 foizga pasaydi.

Oxirgi ikki oyda mazkur mahsulotlarning ulgurji narxlari har hafta pasayib borayotgani hisobga olinsa, 20 oktyabrdan 15 dekabrgacha mandarinning o‘rtacha ulgurji narxi 1 kg uchun 29 ming so‘mdan 8 ming so‘mgacha, ya’ni bu davrda 3,6 barobar arzonlashgan.

Shuningdek, 15 dekabr holatiga, mandarinning o‘rtacha ulgurji narxi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 27 foizga va 2021 yilning shu sanasiga nisbatan uchdan biriga arzonroq.

Joriy yilning 20 oktyabridan 10 noyabrigacha mandarinning o‘rtacha ulgurji narxi 29 ming so‘mdan 20 ming so‘mga pasaygandi.

Ko‘proq yangiliklar: