O‘zbekistonda 2023 yil 1 dekabr holatiga ko‘ra, qurilish sohasida 53 050 ta korxona ro‘yxatdan o‘tgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2022 yilning mos davri bilan solishtirilganda 8,5 foizga oshgan.
So‘nggi yillarda ushbu sohada ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar dinamikasi quyidagicha bo‘lgan (1 dekabr holatiga):
2019 yilda – 37 942 ta;
2020 yilda – 42 923 ta;
2021 yilda – 45 603 ta;
2022 yilda – 48 874 ta;
2023 yilda – 53 050 ta.