Mutaxassislar 2023 yilda eng yorqin yutuqlarga erishgan olimlar ro‘yxatini tuzdi. Bu nufuzli Nature ilmiy nashri tomonidan taqdim etildi.
Reytingga «o‘rmonlarning mislsiz kesilishiga barham berishga» muvaffaq bo‘lgan Braziliya atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri Marina Silva, Oy missiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirishga hissa qo‘shgan Hindistonning «Chandrayan-3» loyihasi yetakchilaridan biri Kalpana Kalaxasti kiritildi.
Shuningdek, yaponiyalik Katsuxiko Hayasi erkak sichqonlardan yashovchan tuxum olishga erishgani uchun (yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan turlarni saqlab qolishga yordam beradigan texnologiya), amerikalik fizik olim Enni Kritcher faqat vodorod bombalari va yulduzlarda ko‘rinadigan yadroviy reaksiyalarni takrorlagani uchun, shuningdek, gretsiyalik Eleni Mirivili global isishga qarshi kurashda e’tirof etilgani uchun ro‘yxatdan joy oldi.
Reytingda, shuningdek, sun’iy intellekt chatboti yaratuvchisi, amerikalik Ilya Sutskever, xona haroratida o‘ta o‘tkazuvchanlik haqidagi sensatsiyani noto‘g‘ri ekanini isbatlagan amerikalik Jyeyms Xemlin, vazn yo‘qotadigan dori ishlab chiqargan serbiyalik Svetlana Moysov, bezgakka qarshi vaksina yaratuvchisi britaniyalik Xalidu Tinto va saraton tadqiqotchisi Tomas Paulz ham bor.