Shvetsiya O‘zbekistonda toza vodorod va qora uglerod ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishi mumkin
Stokholm shahrida O‘zbekiston korxonalarida yangi texnologiyalarni joriy etish istiqbollari muhokama qilindi.

Foto: Dunyo AA
TIVning Yevropa mamlakatlari va YeI institutlari bilan hamkorlik departamenti boshlig‘i Oybek Shaxavdinov O‘zbekiston delegatsiyasining Shvetsiyaga tashrifi doirasida Capturant kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, uchrashuvda respublikadagi neft-gaz va kimyo sanoati korxonalarining chiqindi gazlarini metan pirolizi texnologiyasi orqali qayta ishlash yo‘li bilan toza vodorod hamda qora uglerod ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar tashkil etildi.
Ushbu texnologiyani respublikada joriy etish natijasida chiqindi gazlardan qo‘shimcha qiymat yaratish va gaz emissiyalarini kamaytirish imkoniyati yaratiladi.
Uchrashuv yakunida kelgusi muzokaralarni Shvetsiya kompaniyasi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi mobaynida davom ettirishga kelishib olindi.
Mavzuga oid

11:16 / 06.02.2025
Shvetsiyadagi o‘quv markaziga hujum: 11 kishi halok bo‘ldi

10:51 / 05.02.2025
Shvetsiyada o‘quv markazidagi otishma vaqtida 10 kishi halok bo‘ldi

17:24 / 03.02.2025
Shvetsiya Qur’onni yoqib yuborgan Momika o‘limida gumon qilinganlarni ozod etdi

10:32 / 31.01.2025