TIVning Yevropa mamlakatlari va YeI institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Oybek Shaxavdinov O‘zbekiston delegatsiyasining Shvetsiyaga tashrifi doirasida Ericsson AB kompaniyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, uchrashuvda mamlakat bo‘ylab barcha hududlarda 5G mobil aloqa baza stansiyalari qamrovini kengaytirish loyihasini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Muzokara jarayonida mahalliy telekommunikatsiya kompaniyalarining mobil baza stansiyalarini modernizatsiya qilish hamda kompaniya tomonidan O‘zbekistonda rasmiy ofis ochish masalalari o‘rganib chiqildi.
Uchrashuv so‘nggida kelgusi muzokaralarni O‘zbekistonga tashrif buyurgan holda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan davom ettirishga kelishib olindi.