O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar hajmida ulushi yuqori davlat ma’lum qilindi

Iqtisodiyot 15:09 / 13.12.2023 13769

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 226,6 trln so‘mni tashkil etgan.

Shundan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar 104,4 trln co‘m miqdorida qayd etilgan.

O‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiyalar hajmida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan investor – mamlakatlar: 

— Xitoy – 24,5 foiz;
— Rossiya – 15,9 foiz;
— Saudiya Arabistoni – 7 foiz;
— Turkiya – 6 foiz;
— Kipr – 4,1 foiz;
— BAA – 3,7 foiz;
— Germaniya – 3,5 foiz;
— Shveytsariya – 3,4 foiz;
— AQSh – 3,3 foiz;
— Niderlandiya – 2,4 foiz.

Ko‘proq yangiliklar: