Xitoy O‘zbekistonda quyosh energiyasi tizimlari uchun uskunalar ishlab chiqarish imkonini o‘rganmoqda

Iqtisodiyot 11:45 / 12.12.2023 11418

«Dunyo» xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida shu yil  20 noyabr kuni Guanchjou shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Xitoy biznes-forumi davomida  erishilgan kelishuvlar hayotga tatbiq etish, quyosh energiyasi tizimlari uchun uskunalarni O‘zbekistonda ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Laplace Energy Technology kompaniyasi bosh menejyeri o‘rinbosari Veyan Sion quyosh energiyasi uskunalarini O‘zbekistonda ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish o‘zaro manfaatli bo‘lishini ta’kidlandi.

«Qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarish tannarxi Xitoyda boshqa mamlakatlarga nisbatan ancha arzon. Chunki 80 foiz asbob-uskunalar Xitoyning o‘zida ishlab chiqariladi. Kompaniyamiz O‘zbekiston tomoni bilan ushbu sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va mutaxassislarni qayta tayyorlash bo‘yicha hamkorlikka tayyor, - dedi u. - Quyosh energiyasini ishlab chiqaruvchi uskuna va moslamalar o‘rtacha 20 yil xizmat ko‘rsatadi. Shuningdek,  ushbu sohada mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalarini oshirib borish ham muhim hisoblanadi».

Muzokaralar yakunida kompaniya rahbariyati va O‘zbekiston tomoni o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muloqotlarni uyushtirish hamda korxona vakillaridan iborat delegatsiyaning mamlakatga amaliy safarini tashkil etish to‘g‘risida kelishib olindi.

Ko‘proq yangiliklar: