Fayzullayev, Bellinghem, Gavi – IFFHS yilning eng yaxshi yosh o‘yinchisi nomiga da’vogarlarni e’lon qildi

Sport 23:43 / 12.12.2023 50286

Quvonarlisi, jahonning 26 nafar yosh (U20) yulduzlari joy olgan ro‘yxatga o‘zbekistonlik Abbosbek Fayzullayev ham kiritilgan. O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosi ushbu sovrin uchun «Real» yarimhimoyachisi Jud Bellinghem, «Barselona» a’zosi Gavi, «Bavariya» xavbeki Musiala, «MYu» hujumchisi Hoylund va Garnacho singari kurash olib boradi.

Ro‘yxat bilan tanishing: Jud Bellinghem («Real» Madrid), Jamal Musiala («Bavariya»), Gavi («Barselona»), Florian Virs («Bayyer»), Xavi Simons («RB Leypsig»), Lamin Yamal («Barselona»), Alexandro Balde («Barselona»), Rasmus Hoylund («Manchester Yunayted»), Evan Fergyuson («Brayton»), Uorren-Zair Emeri (PSJ), Matias Tel («Bavariya»), Romeu Lavia («Chelsi»), Levi Koulell («Chelsi»), Benjamin Sheshko («Leypsig»), Vitor Roke («Barselona»), Alexandro Garnacho («Manchester Yunayted»), Endrik («Real»), Xulio Ensiso («Brayton»), Savio («Jirona»), Rikardo Pepi («PSV»), Usmon Diomande («Sporting»), Karlos Baleba («Brayton»), Ernest Numa («Lion»), Karim Konate («Red Bull»), Abbosbek Fayzullayev (TsSKA).

Ma’lumot uchun, IFFHS jyurilari safida 120 mamlakatdan ekspertlar joy olgan. Ovoz berish jarayoni 2024 yilning yanvar oyi oxirigacha davom etib, g‘olib nomi e’lon qilinadi.

Ko‘proq yangiliklar: