Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shols Yevropada gaz narxining oshishida Putinni aybladi
Germaniya kansleri Yevropaga gaz yetkazib berish to‘xtatilgani sababli Rossiya rahbari ustidan shikoyat qildi.

Foto: Reuters
Germaniya kansleri Olaf Shols Yevropada energiya narxining oshib ketishida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni aybladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya hukumati Norvegiyadan ko‘proq gaz sotib olishga va suyultirilgan tabiiy gaz (STG) terminallarini yaratishga majbur va bu ancha qimmatga tushadi.
Shols o‘z bayonotini Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi (SDP) qurultoyida aytdi. Unga ko‘ra, Rossiyadan gaz yetkazib berish to‘xtatilgach, Germaniya gaz ta’minotining yarmini yo‘qotgan, Yevropaga esa 120 milliard kub metr yoqilg‘i yetishmay qolgan.
«Rossiya Yevropaga energiya yetkazib berishni to‘xtatdi. Aynan Rossiya prezidenti gaz quvuri orqali gaz yetkazib berishni to‘xtatdi», dedi Shols.
Kansler, shuningdek, ta’minotning uzilishi energiya narxi bo‘yicha jiddiy oqibatlarga olib kelganini, jahon bozorida esa gaz narxi 10 barobar oshganini aytdi. Uning qayd etishicha, Germaniya hukumati vaziyatni to‘g‘irlash uchun keskin choralar ko‘rishga majbur bo‘lgan: Norvegiyadan ko‘proq gaz sotib olishga va mamlakat shimolida STG terminallarini qurishga qaror qilgan.
2022 yilda Yevropa Ittifoqida gaz iste’moli 343 milliard kub metrni tashkil etdi, shundan 95,7 milliardi uy xo‘jaliklari, qolgani esa sanoat tarmoqlari hisobiga to‘g‘ri keldi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Vengriyadagi eng qadimiy kutubxona qo‘ng‘izlar sabab yuz minglab kitoblaridan ayrilishi mumkin
Jahon | 16:48
-
«Tarixchi va kontrrazvedkachi». Kiyevda o‘ldirilgan UXX polkovnigi Ivan Voronich haqida nimalar ma’lum?
Jahon | 16:42
-
Qozonda qurol «qaynadi», Trampning ohangi o‘zgardi – hafta dayjesti
Jahon | 16:06
-
FT: Pentagon Tayvan masalasida Avstraliya va Yaponiyaga bosim o‘tkazmoqda
Jahon | 15:50
Mavzuga oid

23:38 / 12.07.2025
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa

21:38 / 12.07.2025
Lavrov Shimoliy Koreyada Kim Chen In bilan uchrashdi

20:08 / 12.07.2025
Putin Eronga uranni boyitishni to‘liq to‘xtatishni taklif qildi – OAV

16:30 / 12.07.2025