O‘zbekistonning barcha hududlarida AGTKSlar faoliyati cheklandi

Iqtisodiyot 16:17 / 08.12.2023 50156

O‘zbekistonda havo haroratining sovib borishi tufayli aholi orasida tabiiy gazga talab oshdi, bu esa aholi iste’molining ko‘payishiga va gaz bosimining sezilarli pasayishiga olib keldi, deya ma’lum qildi Energetika vazirligi.

Vazirlikka ko‘ra, 7–16 dekabr kunlari oralig‘ida kutilayotgan (8 dekabrda 0 daraja, 12 dekabrda -16 daraja) sovuq ob-havo sharoitida ham gaz bosimining pasayishi kutilyapti.

“Shundan kelib chiqib, aholini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida metan zapravkalari ishlash vaqtini cheklash choralari ko‘rilmoqda. Rejaga muvofiq, metan zapravkalari soat 6:00 dan soat 15:00 ga qadar ishlaydi.

Mazkur vaqtinchalik cheklov aholi iste’molchilari hamda ijtimoiy obektlarni tabiiy gaz bilan bir maromda ta’minlash maqsadida ayni paytgacha respublikamizning barcha hududida kiritildi”, – deyiladi rasmiy xabarda.

Vazirlik iste’molchilardan noqulaylik uchun uzr so‘rab, aholini vaziyat barqarorlashgungacha tejamkorlikka rioya qilishga chaqirgan.

Ko‘proq yangiliklar: