Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Baydenning o‘g‘li 1,4 mln dollar soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblandi
AQSh prezidenti Jozef Baydenning o‘g‘li Hanter Baydenga soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik ishi bo‘yicha to‘qqizta ayblov e’lon qilindi.

Foto: AP
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Hanter Bayden 2016 yildan 2019 yilgacha kamida 1,4 million dollar miqdorida soliq to‘lamagan.
Ayblov xulosasi Kaliforniya markaziy okrugi sudiga topshirilgan. Yangi ayblovlar uchta jinoyat va oltita qonunbuzarlikni o‘z ichiga oladi. Hanter Bayden soliq to‘lash o‘rniga «maishat va ko‘ngilxushlik qilish uchun» millionlab pul sarflagani aytilmoqda.
Prokuraturaning ta’kidlashicha, Hanter Bayden «2018 yilda ko‘p pul ishlab topgan va behuda xarajatlarni amalga oshirgan», uning xarajatlari «daromadlari oshgani sayin ortgan».
«2018 yilda sudlanuvchi 1,8 million dollardan ortiq mablag‘ sarflagan. Jumladan, 722 ming dollar naqd pul yechib olgan, ayollarga qariyb 383 ming dollar sarflagan, kiyim-kechak va aksessuarlarga qariyb 151 ming dollar, har xil xaridlar va boshqa to‘lovlar uchun taxminan 78 ming dollar yo‘naltirgan. Ayblanuvchi bu mablag‘larni soliq to‘lash uchun ishlatmagan», deyiladi ayblov xulosasida.
Hanter Bayden soliq to‘lashdan bo‘yin tovlagani uchun allaqachon tergov qilinmoqda. Avvaliga u aybini tan oldi, biroq keyin bundan tondi.
2023 yil sentabr oyida prokurorlar uni soxta hujjatlardan foydalangan holda to‘pponcha sotib olganlikda, ushbu hujjatlar haqidagi ma’lumotlarni yashirganlikda va giyohvandlikda ayblagan edi.
Tavsiya etamiz
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40
-
Olmaota shahrining yuqori qismlarida ko‘p qavatli turar joylar qurishga moratoriy joriy etiladi
Ko‘chmas mulk | 16:39
-
Endi «beshtalik»dagi oliygohlarga kirolmagan abituriyentda oltinchi imkoniyat ham paydo bo‘ladi
O‘zbekiston | 16:31
-
Ikki oyda 73 ming o‘zbekistonlik o‘ziga o‘zi kredit olishni taqiqladi
Iqtisodiyot | 16:26
Mavzuga oid

15:03
Reuters: Tramp fikriga qo‘shilmagan AQSh amaldorlari ta’qib qilinmoqda

10:38
Tramp endi Putindan Zelenskiy bilan uchrashishni talab qilmayapti

10:13
Muddat tugayapti. Putinni qo‘rqita oladigan eng yomon ssenariy nima?

22:29 / 07.08.2025