Bugun hamma xodimlar ishdan 1 soat vaqtli uyiga ketishi mumkin
Mehnat kodeksining 187-moddasiga ko‘ra, bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

Foto: Getty images
Ertaga 8 dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni, ya’ni ishlanmaydigan bayram kuni.
Shu bois, bugun ishga chiqqan xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga haqli.
Bayramdan oldingi kuni ishning (smenaning) davomiyligini qisqartirish imkoni bo‘lmagan uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda ortiqcha ishlaganlik xodimga qo‘shimcha dam olish vaqti berish yoki xodimning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan normalar bo‘yicha haq to‘lash orqali kompensatsiya qilinadi.
Mavzuga oid

12:11 / 01.03.2025
Noqonuniy ishdan bo‘shatilganlarga to‘lanmagan 40 mlrd so‘mlik ish haqlari undirildi

11:13 / 28.02.2025
DXX Yaponiyaga ishga yuborish bilan bog‘liq noqonuniy holatlarni aniqladi

14:19 / 25.02.2025
Kuvayt O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilishi mumkin

14:05 / 20.02.2025