Nursulton Nazarboyev kitobining bir nusxasi Shavkat Mirziyoyevga yetkazildi
Qozog‘istonning birinchi prezidenti xotiralar kitobida O‘zbekiston yetakchisini alohida qayd etib, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yanada jadal rivojlana boshlaganini ta’kidlagan.

6 dekabr kuni Qozog‘iston birinchi prezidentining matbuot kotibi Aydos Ukibay O‘zbekistonga keldi va Nursulton Nazarboyevning «Mening hayotim. Tobelikdan ozodlikka» nomli xotiralar kitobining O‘zbekiston prezidenti uchun atalgan, muallif dastxati qo‘yilgan nusxasini topshirdi.
Tarixiy jarayonlar va shaxsiy munosabatni o‘zida mujassamlashtirgan kitobda Nursulton Nazarboyev o‘zining hayot yo‘li, mamlakatning shakllanish va rivojlanish davri to‘g‘risidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashadi. Respublikaga rahbarlik qilgan oxirgi o‘n yilliklardagi voqealarga baho beradi.
Kitob qahramonlari orasida muallif siyosiy maydonda kesishgan taniqli siyosatchilar ham bor. Qozog‘istonning birinchi prezidenti davlat va hukumatlar rahbarlari, boshqa mashhur shaxslar bilan munosabatlarini ta’riflagan. Nursulton Nazarboyev kitobida O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyevni alohida qayd etib, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yanada jadal rivojlana boshlaganini ta’kidlagan.
Nazarboyev xotiralar kitobida shaxsiy hayotiga taalluqli ma’lumotlarni ham keltirgan. Jumladan, ikkinchi oilasi va o‘g‘illari borligini birinchi marta tan olgan.
Mavzuga oid

17:10 / 07.03.2025
Olmaotada erkak pichoq bilan aeroport xodimiga tashlandi. Uni tanishini kuzatgani kelgan shaxs zararsizlantirdi

22:01 / 05.03.2025
Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston elchisi bilan strategik sheriklik masalalarini muhokama qildi

17:28 / 04.03.2025
Hindiston-O‘zbekiston transport yo‘lagi Qozog‘istongacha uzaytirildi

10:35 / 04.03.2025