Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Hamma narsada insof bo‘lishi kerak” – Navoiy viloyati hokimi dorixonachilarni soliqdan qochishda aybladi
Soliq tizimidan chiqqan Normat Tursunov tibbiyot sohasiga doir yig‘ilishda import dorilarni Toshkentdan viloyatga olib borib sotayotgan dorixonachilar soliqdan qochayotganligini aytgan. Hokim bu borada istalgan dorixona mas’uli bilan birma-bir gaplashishga tayyorligini bildirgan.

Foto: Navoiy viloyati hokimligi
Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish masalalariga bag‘ishlangan tanqidiy yig‘ilish o‘tkazgan. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.
Sobiq soliqchi bo‘lgan hokim yig‘ilishda “apteka”chilarni daromadini kam ko‘rsatgan holda soliqdan qochishda ayblagan.
“Toshkentdan import dorini olib kelayotganlar haqida to‘xtalmoqchiman. Dorixonachilar avvallari umumiy aylanmadan 4 foiz soliq to‘lagan. Aylanma solig‘i deymiz buni. Agar kim norozi bo‘lsa, shu dorixona vakillari bilan birma-bir gaplashishga tayyorman. Keyinchalik 100 mlrd so‘mdan “oboroti” oshganligi qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘i to‘lovchisiga aylandi.
Endi savol: qaysi birida ko‘p soliq to‘laydi? Aylanma soliqda “oboroti”dan 4 foiz to‘lasa, endi qo‘shilgan qiymat va foyda solig‘i, buni umumbelgilangan soliq deymiz, to‘lanadi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lamaydi, imtiyoz bor. Avvallari foyda solig‘i to‘lamasdi, aylanmadan soliq to‘lanardi. U paytda dorixonalarning rentabelligi 30-40 foizgacha bo‘lgan. Bugunga kelib foyda solig‘i to‘lovchisi bo‘lib o‘tgandan keyin qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lamasa foyda solig‘i to‘lashi kerak. Endi marjasini kamaytirib ko‘rsatib, foyda solig‘ini ham kam to‘layapti. Oldingi 40 foizlik rentabellik bugun 3 foizga tushib qolgan. Buni dorixonalarimizda o‘tirgan mas’ullar juda yaxshi bilib turibdi. Hamma narsada insof bo‘lishi kerak-ku”, deya ta’kidlagan Normat Tursunov.
Shuningdek, yig‘ilishda viloyat hokimi shifokorlar tomonidan dori-darmon retseptini turli qog‘ozlarga istalgan ko‘rinishda yozib berish holatlarini ham tanqid qilgan.
“Viloyatda 396 ta tibbiyot muassasasida 2114 nafar tibbiyot xodimi dori yozib berish huquqiga ega. Shunday qarab, qanaqa qog‘oz bo‘lsa oladi va retsept yozib beradi. Xohlasa qalamda, xohlasa ruchkada nima qog‘oz bo‘lsa yozib beraverishadi. Mana bugungi kunda aholiga yozib berilayotgan retseptning ahvoli: na yozib bergan vrachning ismi bor, na o‘sha tibbiyot muassasasining nomi bor. Agar dori bemorda reaksiya bersa kim javob beradi bunga?”, degan viloyat rahbari.
Eslatib o‘tamiz, Normat Tursunov 2021 yilning 8 noyabr kunidan Navoiy viloyati hokimi lavozimida ishlab kelmoqda. Bungacha u Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, birinchi o‘rinbosari, Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i vazifalarida ishlagan.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sakkizta davlat YeIning Belarusga qarshi sanksiyalar paketiga qo‘shildi
Jahon | 01:24
-
Jyeki Chan kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
Jamiyat | 00:53
-
Makron Netanyaxuning G‘azoni bosib olish rejasini falokat deb hisoblamoqda
Jahon | 00:36
-
Xitoylik olimlar kosmik chiqindilarni yo‘q qilish usulini topishdi
Fan-texnika | 00:18
Mavzuga oid

12:51 / 30.07.2025
Toshkentda sifati kafolatlanmagan dorilarni sotuvga qo‘ygan dorixona aniqlandi

12:01 / 15.07.2025
O‘zbekistonlik hamshiralar Bahraynga ishlash uchun yuborilishi mumkin

16:59 / 23.06.2025
“Yasalgan” jinoyat: Navoiyda ikki qiz IIB “rezultati” uchun qamoqqa tiqildi

14:00 / 18.06.2025