OChL. «Nasaf» Qatardagi durang evaziga 1/8 finalga chiqdi, «Navbahor» Hindistonda kambek ko‘rsatib, pley-offga yo‘llanma oldi

Sport 23:30 / 04.12.2023 42346

V guruhida «Nasaf» Qatarda «As-Sadd» mehmoni bo‘lib, 6-daqiqadayoq to‘p o‘tkazib yuborgan bo‘lsa-da, 83 va 90-daqiqalarda Jambuli Jigaurining gollari evaziga kambek qayd etayotgandi. 90+3-daqiqada esa Bunijah hisobni tenglashtirdi – 2:2.

Bu natija ham Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlarini qoniqtirardi. Sababi guruhdagi parallel o‘yinda «Al-Faysali» «Sharja»ni so‘nggi daqiqalarda mag‘lub etdi. Shu tariqa, Qarshi klubi 11 ochko bilan 1-o‘rinni egalladi va nimchorakfinalga peshqadam sifatida yo‘l oldi.

D guruhida esa «Navbahor» Hindistonda tezkor gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsa-da, tanaffusgacha Jamshid Iskanderov va Yovan Jokich Namangan klubining kambekini ta’minlashdi – 2:1.

Shu tariqa, Samvel Babayan shogirdlari 13 ochko bilan guruhda 2-o‘rinni egallab, eng yaxshi natijaga ega 2-o‘rindagi jamoa sifatida 1/8 finalga yo‘llanma olishdi.

Bu natijalar orqali «Paxtakor» ham pley-offga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi. Toshkent jamoasi ertaga o‘z maydonida «Al-Fayha»ni qabul qiladi.

4 dekabr (dushanba)
OChL. V guruhi. 6-tur
«As-Sadd» - «Nasaf» 2:2

Gollar: Mateus Uribe 6, Bag‘dod Bunijah 90+3 – Jambuli Jigauri 83, 90.
«As-Sadd»: 22.Mash’al Barsham, 2.Pedro Korreya, 5.Tariq Salmon, 6.Paulo Silva, 7.Muhammad Vaad Albayati, 10.Hasan Al Haydos, 11.Bog‘dod Bunedja, 16.Bualem Huki, 51.Akrom Afif, 55.Amin Hazbavi, 88.Andres Vilya.
«Nasaf»: 35.Abduvohid Ne’matov, 2.Alibek Davronov, 5.G‘olib G‘aybullayev, 7.Akmal Mozgovoy, 9.Javohir Sidiqov (8.Zafarmurod Abdirahmatov,46), 17.Suhrob Nurulloyev (99.Azizbek Amonov, 46), 19.Mateus Lima (, 70.Jambuli Jigauri,66), 28.Shuhrat Muhammadiyev, 34.Sherzod Nasrullayev, 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoyevich (18.Bahrom Abdurahimov, 46).

Al-Faysali – Sharja – 2:1
Gollar: Roziq Muhammad 90, Kamergi 90+7 – Muhammad Firas 34.
Chetlatish – Majid Rashid (Sh), 90+1.

V guruhi yakuniy jadvali:

D guruhi. 6-tur
«Mumbay Siti» - «Navbahor» 1:2

Gollar: Abdunosir Al-Hayati 15 – Jamshid Iskanderov 29, Yovan Jokich 45+3.
«Mumbay Siti»: 13.Muhammad Navaz, 2.Rahul Beke, 4.Tiri, 6.Vikram Partap, 8.Yoyel Van Nif, 18.Rostin Griffits (5.Mehtab Singh, 64), 23.Abdinasir El Hayati, 24.Greg Styuart, 30.Xorxe Pereyra, 31.Akash Mishra, 45.Lalengmavia.
«Navbahor»: 1.O‘tkir Yusupov, 4.Azimjon Ahmedov, 5.Milosh Milovich, 10.Jamshid Iskanderov, 14.Jamshid Boltaboyev, 17.Abrorbek Ismoilov, 22.Igor Golban, 23.Yovan Jokich, 31.Luka Chermel, 77.Asadbek Sobirjonov, 91.Toma Tabatadze.

Al-Hilol – Nassaji Mozandaron – 2:1
Gollar: Oliveyra 4, Ad-Dovsari 54 – Rahmati 77.

D guruhi yakuniy jadvali:

Ko‘proq yangiliklar: