«MYu» yana yutqazdi, «Real» quvlashmachoq o‘ynamoqda. Yevropada kun o‘yinlari

Sport 13:11 / 03.12.2023 31586

Angliya: «kanonirlar»ning 100-goli

«Arsenal» — «Vulverhempton» 2:1
Gollar
: Saka (6), Edegor (13) — Kunya (86). 
«Arsenal» – Rayya, Tomiyasu (Uayt, 79), Gabriel, Saliba, Zinchenko, Edegor (Jorjino, 90+3), Rays, Trossar, Martinelli (Haverts, 77), Saka (Kivior, 90+3), Jyezus (Nketia, 67). 
«Vulverhempton» – Sa (Bentli, 23), Semedu, Douson, Kilmen, Gomesh, Bueno (Doerti, 62), Bellgard (Sarabiya, 63), Doyl (Kalayjich, 90+3), Traore, Hvang Hi Chan, Kunya.
Ogohlantirishlar: Saliba (68), Hvang (88). 

Yakshanba kuni raqobatchilari qanday natija ko‘rsatmasin, «Arsenal» tur yakunlariga ko‘ra birinchi o‘rinni o‘zida saqlab qolishi ma’lum bo‘ldi — «Vulverhempton» bilan o‘yinda londonliklar o‘yin debyutidayoq raqib mudofaasini taslim etdi. Saka va Edegorning gollari — Arsen Vengerning eng yaxshi davrlaridagi kombinatsiyalarni yodga solib yubordi. Bu ayniqsa to‘p darvoza to‘riga yo‘naltirilgan vaqtlarda kuzatildi, raqiblar shunchaki favorit nimani o‘ylaganini topa olmadi.

Saka «kanonirlar»ning yil boshidan buyon urgan 100-goli muallifiga aylandi. Top-5 ligalarda bunday grossmeysterlik darajasiga faqat «Manchester Siti», «Real», «Bavariya» va «Bayyer» yeta olgan. O‘yin oxirida Mikel Arteta jamoasi hisobni saqlab qolish uchun o‘ynashiga ham to‘g‘ri keldi. Yaratilgan vaziyatlardan foydalanilganida ikkinchi bo‘lim boshidayoq hisob o‘ta yirik ko‘rinishga kelishi mumkin edi, ikki bor to‘p darvoza ustuniga tegdi, Trossar darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatdan foydalana olmadi, bu esa «bo‘rilar»ga hisobni qisqartirish imkonini berdi va mehmonlar o‘yin yakunida ochko olish uchun o‘ynadi. Ammo shundan keyin boshqa gol urilmadi.

«Nyukasl» — «Manchester Yunayted» 1:0
Gol:
Gordon (56).
«Nyukasl» – Poup (Dubravka, 86), Trippiyer, Sher, Lassels, Livramento, Gimaraes, Mayli, Almiron, Joelinton, Gordon (Richi, 90+7), Isak.
«Manchester Yunayted» – Onana, Uan-Bissaka (Regilon, 80), Maguayr, Shou, Dalot, Fernandesh, Maktominey, Maynu (Amrabat, 80), Garnacho, Marsiyal (Hoylund, 61), Reshford (Antoni, 61).
Ogohlantirishlar: Maguayr (77), Antoni (90+2), Joelinton (90+7).

«Nyukasl» – «MYu» o‘yinida ro‘y bergan epizodlar jamoalarning hafta o‘rtasida YeChLda o‘tkazgan o‘yinlariga ishora qilardi.

«Nyukasl» birinchi bo‘limda «MYu»dan ancha ustun edi. Zarbalar berishdagi 14:2 ko‘rsatkichi – dastlabki 45 daqiqalikdagi vaziyatni yaqqol ifodalaydi. Bunday bosimda mehmonlar jarima maydonida vaziyatlar o‘z-o‘zidan ham paydo bo‘lardi. Maguayr o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘yishiga sal qoldi, Dalot esa to‘pni uzoqlashtirishga uringanida qo‘li bilan o‘ynadi. Lekin YeChLdan farqli ravishda APLda bunday holat uchun penalti qo‘yilmaydi. «Nyukasl» esa Parijdagi o‘yinda shunday holat tufayli g‘alabadan quruq qolgandi.

Bo‘limdagi eng yorqin epizod esa 39-daqiqada ro‘y berdi. «Nyukasl» jarima zarbasi ishladi va uni ijro etishga juda uzoq tayyorlandi. Ular jonli devor o‘rnatishga 100 soniyadan ortiq vaqt sarfladi, bu vaqtda boshqa guruh to‘pni kim qanday tepishini muhokama qilishdi. Mezbonlar Onana bu haftada jarima nuqtasidan o‘tkazib yuborgan barcha gollarini yodga olishi uchun xuddi ataylab vaqt cho‘zayotgandek edi. Trippiyerning zarbasi esa to‘sinni titratdi va pastga sho‘ng‘idi, ammo darvoza chizig‘idan bir necha santimetr berida yerga sapchidi va darvozabon uni egallab oldi.

Tanaffusdan keyin ham o‘yin ssenariysi oldingidek qoldi. 55-daqiqada «MYu» to‘pni uzoqlashtirishda muvaffaqiyatsiz o‘ynadi. Shou (u zaxira o‘rindig‘ida Lindelyof va Varan borligiga qaramay, shu kuni markaziy himoyachi sifatida tushdi) to‘pni oldinga yetkazishda xatoga yo‘l qo‘ydi va «Nyukasl» kombinatsiya uyushtirdi, hujum Gordon Trippiyerning qanotdan uzatmasini golga aylantirishi bilan yakunlandi. U bu vaqtda olis ustun oldida yolg‘iz qoldirilgandi.

«MYu» maydonga Antoni va Hoylundni tashladi, ammo vaziyat yana o‘zgarishsiz qolaverdi, hakam esa o‘yinni butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin bo‘lgan epizodni o‘tkazib yubordi. 67-daqiqada Fabian Sher butsasining ostki qismi bilan Brunu Fernandeshning oyog‘ini bosib oldi va portugaliyalik futbolchining oyog‘i qayrilib ham ketdi. Yaqinda shunga o‘xshash vaziyatda Reshford maydondan chetlatilgandi (YeChLda «Kopenhagen» bilan o‘yinda), bu safar arbitr Robert Jons hatto sariq kartochka ham ko‘rsatmadi. 

«Nyukasl» o‘yin oxirlariga borib zarbalar berish bo‘yicha ustunlikni saqlab qoldi – 22:3. Faqat so‘nggi daqiqalarda mehmonlar ko‘proq hujum qilishdi va raqamlar – 22:8 ko‘rinishiga keldi, ammo bu natijaga ta’sir qilmadi.

82-daqiqada mehmonlar chindan xavfli vaziyat yaratishdi — to‘p burchakdan oshirib berilganidan keyin bir necha metrdan Poup darvozasiga zarba berildi, ammo Sher vaqtida oyog‘ini qo‘ydi va to‘pni qaytardi. «Yunayted» futbolchilari qaytgan to‘pni egallashdi va yana hujum boshlashdi, ammo hakam hujumni to‘xtatdi, mezbonlar darvozaboni jarohat olgandi. Poupni safga qaytarishning imkoni bo‘lmadi — shayxlar kelguniga qadar «Nyukasl»ni Chempionshipga tushib ketishdan asrab qolgan Dubravka tushirildi.

O‘yin yakunlanishi arafasida Maguayr darvozani ishg‘ol etdi, ammo u ofsaydda qolgan deb topildi. Hakam bo‘limga to‘qqiz daqiqa qo‘shib berdi — mavsum startidagi ayovsiz tanqidlardan keyin o‘ziga bo‘lgan ishonchni qaytara olgan ushbu himoyachi bu vaqt mobaynida yana ikkita golli vaziyatga ega bo‘ldi. So‘nggi o‘n daqiqalikda mehmonlar to‘pga egalik qilish  bo‘yicha 75 foiz ustunlik namoyish etishdi, ammo bundan naf bo‘lmadi.

«Nyukasl» «Arsenal» bilan o‘yinda bo‘lgani kabi bu safar ham hakam yordami bilan g‘alaba qozondi, o‘shanda ham yagona golni Gordon urgandi. Ammo umuman olganda, bu g‘alaba o‘yin mantig‘iga mos kelardi. «Nyukasl» turnir jadvalida «MYu»ni quvib o‘tib, beshinchi o‘ringa ko‘tarildi va kuchli to‘rtlikdan 4 ochkoga ortda qolmoqda, ten Hag jamoasida esa qatorasiga uch g‘alabadan keyin vaziyat yana yomonlashmoqda.

Ispaniya: «Jirona»ning xarakteri

«Jirona» — «Valensiya» 2:1
Gollar:
Stuani (83, 88) — Duro (57).
«Jirona» – Gassaniga, E.Garsiya, Blind, Lopes (Stuani, 75), Migel Guterres, Kouto, Errera (Torre 13, Koutu, 82), A.Garsiya, Martin (Portu, 82), Tsigankov, Savio, Dovbik.
«Valensiya» – Mamardashvili, Fulke (Amalla, 84), Korreyya, Paulista, Moskera, Gasorovski (Vaskes, 89), Peres (Diakabi, 67), Pepelu, Gerra, Yaremchuk, Duro, Lopes (Kanos, 84). 
Ogohlantirishlar: Blind (36), Yan Kouto (42), Gasorovski (61), Duro (77), Savio (90+2), Paulista (90+6).

«Real» va «Jirona» poygasi davom etmoqda, kataloniyaliklar nafaqat o‘z natijalari va o‘yin sifati bilan, balki aql bovar qilmas xarakteri bilan ham katta taassurot qoldirmoqda. Michel Sanches jamoasi o‘z ochkolarining teng yarmini (38 tadan 19) hisobda ortda borayotgan o‘yinlarida qo‘lga kiritgan! So‘nggi to‘rt turdan uchtasida shu holat kuzatildi va bu safargi ssenariy eng dramatik tus olgani bo‘ldi. «Valensiya» 82-daqiqada ham hisobda oldinda edi, shundan so‘ng «Jirona» afsonasi o‘z so‘zini aytdi. 37 yoshli urugvaylik Stuani zaxiradan maydonga tushdi va dubli bilan «Real»ni yana ortdan quvuvchi maqomiga aylantirdi. Boshqa tomondan bu o‘yin mantig‘idan kelib chiqqan natija bo‘ldi, raqib to‘pga egalik qilish bo‘yicha la ligada 2005/06 yillar mavsumidan buyon eng past ko‘rsatkichni (24 foiz) qayd etdi.

«Real» — «Granada» 2:0
Gollar:
Dias (26), Rodrigo (57).
«Real» – Lunin, Karvaxal (Vaskes, 46), Alaba, Ryudiger, Mendi, Dias (Paz, 88), Bellinghem, Kroos, Valverde, Rodrigo (Gonsalo, 85), Xoselu (Seballos, 70). 
«Granada» – Fernandes, Andre Ferreyra, Manafa (Petrovich, 64), Rikard Sanches, Mikel, Torrente, Neva, Saragosa (Alvaro Fernandes, 83), Gumbau, Ruis, Uzuni (Vaysman, 64), Boyye (Puertas, 83).
Ogohlantirishlar: Bellinghem (22), Ryudiger (22), Gumbau (77).

«Real» esa ikki soat o‘tib o‘z o‘rniga qaytishini taxmin qilish oson edi. Madridliklar xavfli hududda turgan, «Santiyago Bernabeu»da faqat yangi tayinlangan bosh murabbiyi Aleksander Medina effekti (u ham «Sevilya»ning yangi ustozi Diyego Alonso avval Yevropada ishlamagan urugvaylik mutaxassis) evaziga natijadan umid qilishi mumkin bo‘lgan jamoani qabul qildi. Faqat bu illyuziyani doim ham boshlang‘ich tarkibdan o‘rin olmayotgan, ammo imkon berilganida bundan foydalanayotgan Braim Dias yo‘qqa chiqardi. Kroosning ajoyib pasidan keyin u tom ma’noda o‘tgan tur uchun kompensatsiyaga ega bo‘ldi, o‘shanda u o‘yin arafasida oshqozonidagi og‘riq tufayli boshlang‘ich tarkibdagi o‘rnini Rodrigoga bo‘shatib bergandi.

Qolaversa, bu futbolchilar birga tushganida ham yaxshi o‘ynay olishlarini ko‘rsatib berishdi. Ikkinchi bo‘limda braziliyalik hujumchi Bellinghemning zarbasidan keyin qaytgan to‘pga tovoni bilan zarba berib gol urdi, ammo bu hujumda asosiy ishni aynan Dias amalga oshirgandi. Umuman olganda, Karlo Anchelotti jamoasi ko‘p kuch sarflamasdan o‘ynadi. Shuning o‘zi ham «Granada»ni qatorasiga 15-bor mag‘lub etish uchun yetarli bo‘ldi. «Real» tarixida bir raqibga qarshi bundan yaxshiroq seriya faqat bir marta kuzatilgan — «Rayo Valekano» bilan o‘yinlarda 2000 yildan 2018 yilga qadar 17 g‘alaba.

Italiya: Menyan pleymeyker rolida

«Milan» — «Frozinone» 3:1
Gollar:
Yovich (43), Pulishich (50), Tomori (74) — Breshianini (82).
«Milan» – Menyan, Kalabriya, Tomori, Ernandes, Florensi, Loftus-Chik (Pobega, 79), Reynders (Binnosir, 79), Musa, Pulishich (Traore, 78), Chukvueze (Adli, 64), Yovich (Kamarda, 85).
«Frozinone» – Turati, Monterizi (Sheddira, 86), Romanoli, Okoli, Oyono, Burabiya (Breshianini, 46), Reyner (Jyelli, 57), Barrenechea, Soule, Ibrahimovich (Kazo, 66), Chuni (Kayo Jorjye, 66).
Ogohlantirishlar: Barrenechea (63), Yovich (80).

«Milan» A seriyadagi muvaffaqiyatsiz davrdan keyin qatorasiga ikkinchi g‘alabasiga erishdi. Yovich rossonerilar safida nihoyat ilk golini urdi. Qolaversa, Tomorining goliga assistentlik qildi. Serbiyalik hujumchi amalda mehmonlarning tahdidiga ideal tarzda javob qaytardi, bungacha Menyan yakkama-yakka vaziyatda qutqargandi. Fransuz darvozabon o‘z ishini bajarishidan tashqari ikkinchi bo‘lim boshida hisobdagi farqni oshirgan Pulishichga golli pas berdi. Menyan qatorasiga uchinchi mavsum golli uzatma berayotgan Yevropadagi yagona darvozabon.

Germaniya: qorbo‘roni «Bavariya»ga qarshi

Bundesligada dekabrdagi ilk tur «Bavariya» — «Union» uchrashuvi qoldirilishi tufayli to‘liq bo‘lmadi. Bunga nafaqat Myunxen aeroportini, balki jamoat transportini ham falaj holatga tushirgan qorbo‘ronlari sabab bo‘ldi. Bunday ob-sharoitida muxlislar «Alyans Arena»ga yetib bora olmasligi tayin edi. Bundan tashqari, tashkilotchilar muxlislar xavfsizligini o‘ylagan holda o‘yinni qoldirishga qaror qilgan. Uchrashuv o‘tkaziladigan yangi sana keyinroq ma’lum qilinadi. Berlin klubi esa sentabr oyi boshidan buyon 16 uchrashuvdan iborat g‘alabasiz seriya qayd etayotganiga qaramay, tushkunlikka tushib qolmagan. Klubning ijtimoiy tarmoqlarida futbolchilarning qorli maydondagi onlayn o‘yini qo‘yib berildi.

«Leypsig» — «Haydenhaym» 2:1
Gollar:
Openda (29, penalti), Poulsen (44) — Gimber (45+2). 
«Leypsig» – Blasvih, Henriks, Klostermann, Simakan, Raum (Lens, 90), Shlager, Aydara, Baumgartner (Lukeba, 89), Simons (Forsberg, 78), Poulsen (Sheshko, 78), Openda.
«Haydenhaym» – Myuller, Ferenbah, Maynka, Gimber, Melouni, Traore, Beste, Toyyerkauf, Zessa, Bek, Sheppner (Tomalla, 86), Piringer (Dovedan, 74), Klyayndinst.
Ogohlantirishlar: Piringer (59), Simakan (60), Gimber (86), Baumgartner (88).

Shu tariqa, shanba kuni Germaniyada yetakchilar guruhidagi ikki jamoaning sirtqi kurashi bo‘lib o‘tdi va dastlab «Leypsig» o‘z o‘yinida g‘alaba qozondi. Bu g‘alaba hisob borasida yanada ishonchliroq ko‘rinish olishi ham mumkin edi, ammo «ho‘kizlar» jamoasi vaziyatlardan foydalanishda oqsadi. To‘p ikki bor darvoza to‘sini va ustuniga tegdi, hafta o‘rtasida «Manchester Siti» mudofaasini buzib tashlagan Openda esa o‘yindan gol ura olmagani va hatto yakkama-yakka vaziyatdan foydalana olmagani «Haydenhaym»ning omadi kelishi bo‘ldi. Yakunda mehmonlar mag‘lubiyatdan qutulib qolishi ham mumkin edi, ammo o‘yin mantiqiy yakunga ega bo‘ldi. Marko Roze jamoasi hozircha Chempionlar ligasi to‘rtligiga qaytdi va shu o‘rinda qolishi ham mumkin, chunki yakshanba kuni Dortmundning «Borussiya» klubini turnir jadvali peshqadami «Bayyer»ga qarshi o‘ta qiyin o‘yin kutmoqda.

«Shtutgart» — «Verder» 2:0
Gollar:
Undav (17), Girassi (75, penalti).
«Shtutgart» – Nyubel, Shtensel, Anton, Zagadu, Mittelshtedt, Vagnoman, Shtiller, Karazor, Fyurix (Chon Vu Yon, 79), Miyo, Mvumpa (Leveling, 79), Girassi, Undav.
«Verder» – Tsetterer, Vayzer, Yung, Velkovich (Shtark, 63), Fridl, Agu (Deman, 71), Njinma, Bitenkur, Stage (Linen, 89), Shmid, Duksh, Borre (Kovnatski, 89).
Ogohlantirish: Shtensel (87).

Uchinchi o‘ringa mustahkam joylashgan «Shtutgart» ham juda ko‘p vaziyatlarni ko‘kka sovurdi. Lekin 17-daqiqada «Verder» darvozaboni to‘pni Undavning oyog‘iga tashlab berdi. «Brayton»dan ijaraga olingan forvard bundesligaga darhol moslasha olmagandi, ammo sentabr oyi oxiridan buyon u sakkiz o‘yinda sakkiz gol urdi. Bu mavsum startida fenomenal darajada samaradorlik ko‘rsatgan Girassi vaqtincha safdan chiqqanida uning o‘rnini bilintirmaslikka yordam berdi. Bu o‘yinda gvineyalik hujumchi ham qator vaziyatlardan foydalana olmadi va faqat penaltidan 16-golini urib, to‘purarlar poygasida ikki gol farqi bilan Keynni ta’qib etishda davom etmoqda.

Kun statistikasi

  • «Byornli» hujumchisi Jyey Rodriges o‘yinlarning 15 soniyasi ichida ikki bor gol urgan APL tarixidagi 1-futbolchi bo‘ldi. Uning gollari 10 yilu bir kun farqi bilan urildi.
  • 5:0 — APL tarixida turni so‘nggi o‘rinda boshlagan jamoa qayd etgan eng yirik g‘alaba bo‘ldi. «Byornli» «Sheffild» darvozasiga shuncha javobsiz gol yo‘lladi.
  • «Shtutgart» hujumchisi Girassi 6 ta uy uchrashuvida gol urdi. U klub rekordchisi Gomesning rekordini takrorlashga bir o‘yin qoldi.
  • 13 o‘yin — 2021 yil kuzidan buyon, o‘shanda «MYu»ni Ole Gunnar Sulsher boshqarardi — «qizil iblislar» turni kuchli sakkizlikda boshlagan jamoani safarda yenga olmayapti.
  • «Latsio» vingeri Pedro so‘nggi 15 mavsumda top-5 ligalarda muntazam gol urayotgan yagona ispaniyalik.
  • «Nyukasl»da 126 yildan buyon «MYu»ga qarshi o‘yinlarda uch o‘yindan iborat quruq seriya bo‘lmagandi.
Ko‘proq yangiliklar: