Farg‘onada bedarak yo‘qolgan qiz bir yildan so‘ng topildi

Jamiyat 10:10 / 03.12.2023 32120

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida bir yil avval bedarak yo‘qolgan qiz Toshkent shahridan topildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Uchko‘prik tumani, «Yakkamulla» MFY raqamsiz uyda yashovchi Dilshoda Ismoilova 2023 yil 12 fevral kuni ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. U murojaatida 2008 yilda tug‘ilgan qizi Muhammadjonova Dilnura 2022 yil 10 dekabr kuni yashash xonadonidan chiqib ketib, shu kunga qadar qaytib kelmasdan, bedarak yo‘qolganini ma’lum qilgan va uni topishda amaliy yordam so‘ragan edi.

Uchko‘prik tumani IIB TQX JQB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv tadbirlari davomida bedarak yo‘qolgan D.Muhammadjonova 2023 yil 1 dekabr kuni Toshkent shahrida sog‘-salomat topilib, yaqinlariga topshirildi.

Ko‘proq yangiliklar: