Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahar uy-joylarga davlat orderlari va ma’lumotnomalar berish markazi tugatiladi
Markaz 2025 yil 1 yanvarga qadar tugatiladi. Uning vazifalari tuman (shahar) hokimliklariga o‘tadi.

Foto: Kun.uz
«Alohida uy-joyni (kvartira, uy, kvartiraning yoki uyning bir qismini) xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotnoma hamda davlat mulki obektini xususiylashtirish uchun buyurtmanoma berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash haqida» Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2024 yil 1 iyuldan boshlab xususiylashtirilgan uy-joylarga oid davlat orderlari va ma’lumotnomalar tuman (shahar) hokimliklari tomonidan beriladi.
«Toshkent shahar uy-joylarga davlat orderlari va ma’lumotnomalar berish markazi» DUK Toshkent shahar hokimligi tasarrufiga o‘tkaziladi. 2025 yil 1 yanvarga qadar esa DUK tugatilishi belgilangan.
Hujjat bilan quyidagi davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlari tasdiqlanmoqda:
- alohida uy-joyni (kvartira, uy, kvartiraning yoki uyning bir qismini) xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha;
- davlat mulki obektini xususiylashtirish uchun buyurtmanoma berish bo‘yicha.
Mazkur xizmatlar DXM (davlat xizmatlari markazlari) va YaIDXP orqali ko‘rsatiladi va ular uchun yig‘im undirilmaydi.
Ma’lumotnomani olish uchun so‘rovnomaga uy-joyga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat, mulkdorning oila a’zosi bo‘lgan taqdirda – qo‘shimcha ravishda ushbu faktni tasdiqlovchi hujjat (mulkka egalik qilish huquqini tasdiklovchi hujjat bilan birga), vakilning vakolatini tasdiqlaydigan ishonchnoma ilova qilinadi. Uzog‘i bilan 1,5 soat ichida murojaat etuvchiga tegishli ma’lumotnoma taqdim etiladi.
Davlat mulki obektini xususiylashtirish yuzasidan berilgan buyurtmanoma bo‘yicha 5 ish kuni davomida murojaat etuvchiga tegishli holatlar tekshirilgandan so‘ng 30 kun ichida unga qo‘shimcha xabarnoma yuborilishi ma’lum qilinadi.
Hujjat 29 noyabrdan kuchga kirgan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi
Jahon | 00:48
-
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Avto | 00:26
-
Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Jahon | 00:00
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
Mavzuga oid

23:59 / 25.07.2025
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda

18:40 / 25.07.2025
Vazir o‘rinbosari Toshkentning bosh rejasi o‘zgarishini rad etdi. Lekin aks bayonotlar va loyihalar ko‘p

17:48 / 25.07.2025
Toshkentda 670 mingdan ortiq xonadonga aqlli suv hisoblagichlar bepul o‘rnatiladi

22:49 / 24.07.2025