Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent metrosida kaftni skanerlash orqali to‘lovni amalga oshirish tizimi ishga tushirildi
Undan foydalanish uchun ATTO ilovasida shaxsiy ma’lumotlarni kiritish zarur.

Foto: Toshkent shahar hokimligi
Toshkent metropolitenining «Xalqlar do‘stligi» bekatida ilk marta kaftni skanerlash orqali to‘lovni amalga oshirish tizimi ishga tushirildi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Toshkent metropolitenidan foydalanganda yo‘l haqqini to‘lash uchun bank kartalari, transport kartalari yoki QR-kodli chek olishning hojati qolmayapti. O‘tish joyida UZINFOKOMning - Palm ID, tomirlar tasviriga asoslangan identifikatsiyalash yangi biometrik loyihasi ishga tushirildi.
Kaftingizni skaner ustiga tutasiz va tizim sizni identifikatsiya qiladi. Sizdan avtomatik tarzda to‘lov yechib olinadi. Buning uchun siz bir necha daqiqa sarflab, dastur orqali o‘z shaxsiy ma’lumotlaringizni kiritishingiz zarur», deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, jamoat transporti foydalanuvchilari uchun mobil ilova ham ishga tushirilgan. Mobil ilova orqali virtual karta ochilib, pul mablag‘i bilan to‘ldiriladi. Shundan so‘ng to‘lov uchun kaftning o‘zi kifoya qilib, hech qanday internetsiz, karta yoki QR-kodli cheklarsiz to‘lovni amalga oshirish mumkin.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul boshlandi
Ta’lim | 12:15
-
Pora bilan ushlangan MIB xodimi 6 yilga qamaldi
Jamiyat | 12:13
-
Tramp Putin bilan uchrashuv muvaffaqiyatsiz yakunlansa, sanksiyalardan voz kechmaydi – Grem
Jahon | 11:51
-
Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati pasayishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 11:42
Mavzuga oid

10:00 / 12.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?

22:00 / 28.03.2025
Toshkent metrosining Yunusobod yo‘nalishida FacePay orqali to‘lov tizimi ishga tushirildi

11:37 / 08.11.2024
Toshkent metrosining 9 ta bekatida pulli hojatxona quriladi

16:57 / 17.09.2024