Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2030 va 2034 yilgi qishki Olimpiada o‘yinlariga Fransiya kurortlari va AQSh mezbonlik qiladi
2030 yilgi o‘yinlar Fransiyaning Alp tog‘laridagi kurortlarida, 2034 yilgi o‘yinlar Qo‘shma Shtatlarning Solt-Leyk-Siti shahrida o‘tkaziladi.

Foto: TASS
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) amalda ikkita, 2030 va 2034 yilgi qishki Olimpiada o‘yinlari mezbonlarini nomladi. Jumladan, 2030 yilgi o‘yinlar Fransiyaning Alp tog‘laridagi kurortlarida, 2034 yilgi o‘yinlar Qo‘shma Shtatlarning Solt-Leyk-Siti shahrida o‘tkaziladi.
So‘nggi o‘n yillikdan beri Olimpiada uchun mezbonni tanlash soddalashtirilgan sxema bo‘yicha amalga oshirilmoqda. Avvallari mezbon uzoq davom etadigan tanlov va ijro qo‘mitasi tomonidan yakuniy ovoz berish natijasida aniqlangan bo‘lsa, hozir maxsus komissiya tomonidan oldindan o‘tkaziladigan yagona ustuvor nomzodni tanlash asosida amalga oshirilmoqda.
Aynan shu jarayon natijasida Fransiya Alp tog‘lari kurortlari, shuningdek, Amerikaning Solt-Leyk-Siti shahri yagona nomzod sifatida qolgan. XOQ bo‘lajak Olimpiada o‘yinlari bo‘yicha komissiyasi rahbari Karl Stossning tushuntirishicha, endi musobaqalarni tashkil etish jarayoniga yordam berish maqsadida bu shaharlarning vakillari bilan maqsadli muzokaralar o‘tkaziladi.
Olimpiya o‘yinlari mezbonlarining yakuniy maqomi 2024 yil iyulida bo‘lib o‘tadigan XOQ sessiyasida Fransiyaning Alp tog‘lari kurortlari va Solt-Leyk-Siti shaharlariga beriladi. Solt-Leyk-Siti 2002 yilda ham qishki Olimpiada o‘yinlarini qabul qilgan.
Qayd qilinishicha, Solt-Leyk-Siti uchun tanlovda raqib bo‘lmadi. Fransiyada esa Shvetsiya va Shveytsariya bor edi. Karl Stoss so‘zlariga ko‘ra, Shveytsariya varianti 2038 yilgi Olimpiada uchun ustuvor nomzod bo‘ladi.
Fransiya Alp tog‘larida o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlariga beshta kurort shahar mezbonlik qiladi. Ulardan to‘rttasi sportchilar va sayyohlar uchun ajoyib infratuzilmaga ega mashhur chang‘i kurortlari: Meribel, Kurshevel, Val-d’Izer va La-Klyuza. Janubdagi Nitssa shahrida esa hokkey, figurali uchish, konkida uchish va short-trek bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish rejalashtirilmoqda. U ham tez-tez eng yaxshi xalqaro musobaqalarga, jumladan qishki sport turlariga mezbonlik qiladi va rivojlangan infratuzilmaga ega.
Qayd qilish joiz, Fransiya bundan oldin 3 marta (Shamoni-1924, Grenobl-1968, Albervill-1992) qishki Olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qilgan. AQSh 4 marta (Leyk-Plesid-1932, Skvo-Velli-1960, Leyk-Plesid-1980, Solt-Leyk-Siti-2002) qishki o‘yinlarni qabul qilgan.
Eslatib o‘tamiz, navbatdagi qishki Olimpiada o‘yinlari 2026 yilda Italiyaning Milan va Kortina-d’Ampetsso shaharlarida o‘tkaziladi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Mashinani jarima maydonchasidan olib chiqish uchun elektron ruxsatnoma olinadi
O‘zbekiston | 09:03
-
Rossiyada yana bir harbiy-dengiz paradi bekor qilindi
Jahon | 08:42
-
Ta’lim muassasalari bazasini rivojlantirishga oid hukumat qarori qabul qilinadi
O‘zbekiston | 08:38
-
Maxsus xizmat: SBU zobitini otib ketgan FSB agentlari o‘ldirildi
Jahon | 08:00
Mavzuga oid

14:47 / 14.07.2025
Fransiya mudofaa budjetini tezlashtirilgan sur’atda oshiradi

23:47 / 13.07.2025
Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqxonadan qochib ketdi

22:41 / 12.07.2025
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi

17:05 / 12.07.2025